“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!”
IMTI
Ular Guljamol Asqarovaning VATAN VA OSTONA nomli she’ri bilan
boshlaydilar)
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum! Ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan.
2-boshlovchi:
Ilk bor aytgan so‘zim dunyoga kelib,
Yo‘llarga kuzatgan O‘zbekistonim.
Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib,
Qo‘llarin uzatgan O‘zbekistonim.
1-boshlovchi: Diqqat, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Madhiyasi ijro
etiladi.
(Madhiya ijro etilgan vaqtda maktabning eng namunali, tanlovlarda yuqori
natijalarga erishgan 2 nafar o‘quvchilari (flagshtokda) O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog‘ini ko‘taradi. Barcha o‘quvchilar madhiyani jo‘r bo‘lib ijro etadilar.
Shundan so‘ng, Sultonali Raxmatovning “Baxt” musiqasi sadolari ostida sahnaga
2 nafar boshlovchilar chiqib keladi. Musiqa sadolari ostida boshlovchilar so‘zi
yangraydi.)
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, davramizga
tashrif buyurgan muxtaram
mehmonlar. Vatan ertasi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani
yelkasiga mardona ilgan ustoz va murabbiylar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, maktab
ostonasiga faqatgina yaxshi
niyatlar bilan qadam qo‘ygan, o‘quvchilik maqomini fahr deb bilgan ilmga chanqoq
aziz o‘quvchilar! Ushbu fayzli davramizga xush kelibsiz!
Bugun butun yurtimiz uzra mustaqilligimizning 32 yillik to‘yi shukuhi kezib
yuribdi. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz, Mustaqillik
shodiyonasi bilan
barchangizni muborakbod etamiz.