Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan
Download 18.54 Kb.
|
Mustaqillik-bayramiga-bag
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Boshlovchi:”Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan
- 2-Boshlovchi
Mustaqillik bayramiga bag’ishlangan ”Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan“ tadbir ssenariysi 1-Boshlovchi: Assalomu aleykum, qadrli mehmonlar. 2-Boshlovchi: Assalomu aleykum, aziz maktabdoshlar. 1-Boshlovchi: Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan ushbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram - Mustaqilligimizning 20 yilligi shodiyonasi bilan barchangizni muborakbod etamiz. 2-Boshlovchi:”Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan—deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktoriga beramiz. 1-Boshlovchi: Aziz yurtdoshlar bugun elimizda yana katta bayram - Mustaqillik bayrami. Mustaqillik va bilimlar kuni bayaramidir. Bayram muborak, aziz do’stlar. 2-Boshlovchi: Mustaqillik, kuylayaman seni Bor ovozim, kuylarim bilan, Mustaqillik, asarayman seni Kerak bo’lsa, qo’llarim bilan. Mustaqillik, kuylayman seni Bor san’atim, hayotim bilan. Mustaqillik, asrayman seni kerak bo’lsa, hayotim bilan. 1-Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, qadrli o’qituvchilar, aziz ustozlar. Bugun biz uchun haqiqiy bayram. Bugun yangi o’quv yili boshlandi.1 - qo’ng’iroq chalindi. Ona maktab o’z egalarini bag’riga oladi. Bugun ko’pgina uka va singillarimiz 1 - marotaba maktab ostonasiga qadam qo’ydilar. Ular ilk bor maktab, o’qituvchi-ustoz bilan yuzma yuz kelmoqdalar. Bu jajji kichkintoylar maktabiz dargohiga ta’lim tarbiya olgani qadam qo’ydilar. Keling bugun biz ularga mahkam sog’liq, bilim olishlarida iroda tilab qolamiz. 2-Boshlovchi: Bugun yurtimizda tantana, shodu hurramlik. Mustaqillik halqimizga erk berdi, ozodlik berdi, o’zini o’zi tanish va bilish huquqini berdi. 1-Boshlovchi: Bundan 15 yil muqaddam halqimizning bukulmas irodasiga suyanib asrlar bo’yi davom etgan qullik va qaramlik kishanlari yechildi, O’z taqdirimizni o’z qo’limizga oldik. Axir bundanda ortiq rushnolik bormi? 2-Boshlovchi: O’z qadr-qimmatimiz, milliy davlatchiligimiz, madaniyatimiz, muqaddas qadriyatimiz, tilimiz yagona xalq yagona millat bo’lib jahon hamjamiyatida o’zimizga munosib obro’-etibor qozonishimizga imkon yaratdi. 1-Boshlovchi: Bir to’kilib tag’in qomad tikladik Yelkalarga millat yukin yukladik Ozod vujudlarda ruh bo’ldi bino Binolar o’rnida davlat tikladik Qay kun tildan uchdi qadrdon kalom Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom 2-Boshlovchi: Boshin ne toshlarga urdi bu diyor Necha vayron bo’ldi hurdi bu diyor Toji mahal me’mori nilning murobi Imom Buhoriylar yurti bu diyor Bizni yo’qlaganga bizdan ham salom Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom 1-Boshlovchi: Bugun mamlakatimiz bo’ylab buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temur hazratlarining boqiy ruhi sokin kezib yuribdi. El-yurt ozodligi yo’lida shirin jonini fido qilgan Jaloliddin Mangu Berdi nomi erkparvar avlodlar dilida mash’aladay nur taratmoqda. 2-Boshlovchi: Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Farobiy, Naqshbandiy, Al-Buhoriy, Moturudiy, G’ijduvoniy, Marg’inoni, Termiziy bobolarimiz qoldirgan buyuk meros yuraklarimizni faxrga to’ldirib boqiylik kasb etayotdir. 1-Boshlovchi: Olis manzillardan boshlangan vatan Sevinchdan ko’zlari yoshlangan vatan Gohida o’tlarga tashlangan vatan Aziz ona tuproq ko’hna makondir Kelajagi buyuk O’zbekistondir
Navoiy singari mumtoz bir adib Al-Qindiy cholg’usi dillarga habib G’azallar na’volar oromijondir Kelajagi buyuk O’zbekistondir
Qadim yurtga qaytgan ,qadim navolarim Qumlar bosib qurimasin daryolarim Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang xalq bo’l e’lim
Har bir yiling asarlarga teng bo’ldi Ona xalqim mo’jizalar yaratding O’gling yoqa qizing sengga yeng bo’ldi 2-Boshlovchi: O’zbekiston tenglar ichra teng o’zing Mingbarlarda doim yangrar dil so’zing Do’stlik tinchlik birodarlik da’vating Jaxon yuzin ko’rib turar qalb ko’zing 1-Boshlovchi: So’nggi yillarda ta’lim tizimidagi muhim islohatlar, ta’lim tarbiya mazmunini boyitishga hizmat qiluvchi milliy ruh va yoshlarning horijiy davlatlarda ta’lim olish imkoni yaratilganligi quvonchli holdir 2-Boshlovchi: Bundan tashqari ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosqichma bosqich hayotga tatbiq etilayotganligi,2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining qabul qilinganligi biz yoshlar kelajagini o’ylab qilinayotgan ishdir. 1-Boshlovchi: O’zbekiston kelajagi buyukdur. Bu buyuklikni ta’minlash, Mustaqillikni mustahkamlash biz yoshlarning zimmamizdadir. O’z ona yurtimizni xalqimizni, madaniy merosimizni asrab avaylashga har birimiz burchlimiz. Yurtboshimiz aytganlaridek, “BIZ HECH KIMDAN KAM EMASMIZ VA HECH QACHON, HECH KIMGA QARAM BO’LMAYMIZ”. 2-Boshlovchi: Ertangi kunimiz faravon bo’lishi uchun orzu-maqsadlar ro’yobi uchun hotirjamlikka berilmay o’qishimiz, ishlashimiz va yonib yashashimiz kerak. 1-Boshlovchi: Hademay O’zbekiston qiyofasi tamomila o’zgarib ketadi, qudratiga qudrat qo’shiladi. Bu asrda dunyo xaritasidagi rivojlangan davlatlardan biriga aylanadi. 2-Boshlovchi: Nasib etsa hammamiz buning guvohi bo’lamiz. 1-Boshlovchi: Bayram bilan sizlarni qutlash uchun 6-“F” sinf o’quvchisi Doston Saidmurodovni sahnaga taklif etamiz. Doston ijrosida “Sho’x bolaman” qo’shig’ini tinglang. QO’SHIQ2-Boshlovchi: Bir el bo’lki ,quyosh boqib lol bo’lsin Yeganimiz ichganimiz bol bo’lsin 1-Boshlovchi: Iqbolimiz manglayingda hol bo’lsin Istiqbol saodat baxt va iymondir Kelajagi buyuk O’zbekistondir 2-Boshlovchi: Hammangizni yana bir bor yurtimizning muqaddas to’yi bilan tabriklaymiz. Download 18.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling