Янги информацион технология
Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari
Download 265 Kb.
|
Янги информацион технология
Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalariAbdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishga bag‘ishlangan seminar boshlandi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Seminarning ochilishida mazkur institut rektori M.Aliyev Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimiz ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayni paytda ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, maktablardagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarga internet, elektron ma’lumotlar bazasi kabi yangi axborot texnologiyalari asosida ta’lim berishni yanada yuqori pog‘onaga olib chiqish, o‘quv-ma’rifiy, axborot hamda boshqa dasturlarni hamkorlikda bajarish uchun ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlarini keng jalb qilishga oid qator loyihalar amalga oshirilmoqda. – Maktabimizda 724 nafar o‘quvchi bilim oladi, – deydi Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi Oyzoda Boltaboyeva. – O‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Ushbu seminar ta’limni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga oid bilimimizni yanada mustahkamlaydi. Besh kun davom etadigan seminarda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalari, fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, kompyuter yordamida o‘quvchilar bilimini sinash hamda baholash kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanadi va muhokama etiladi. Seminar doirasida ishtirokchilar Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligi arafasida poytaxtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi barpo etilgan ta’lim maskanlari, axborot-resurs markazlari faoliyati bilan tanishadilar. Download 265 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling