Yangi iPhone haqida yangi ma'lumotlar oshkor etildi


Kompaniyaning mashhur mahsulotlari


Download 21.96 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1393992
1   2   3   4
Bog'liq
Yangi iPhone haqida yangi ma

Kompaniyaning mashhur mahsulotlari
1976-yil ilk mikrokompyuter Apple I ishlab chiqildi. Kelasi yildan boshlab esa dunyoda ilk seriyali miqdorda ishlab chiqarilgan Apple II ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu mahsulot sotuvidan tushgan daromad kompaniyaning asosiy daromad manbayiga aylandi va 80-yillarning o‘rtalarida daromadning asosiy katta qismini tashkil qildi.

Foto: Google Photos


Kompaniyaning 20 yil mobaynida asosiy mahsuloti sifatida ishlab chiqarilgan Macintosh oilasiga mansub mahsulotlar katta shuhrat qozondi. 2014-yilga kelib ular orasida quyidagilar bor edi:
1998-yilda ishlab chiqarila boshlangan iMac barchasi birda kompyuterlarining shuhrati inqiroz yoqasida turgan kompaniyaga o‘zini tiklab olishiga imkon berdi. 2008-yildan boshlab MacBook Air ultra-yupqa qo‘l kompyuterlari ishlab chiqarila boshlandi va u 2011-yilda MacBook’larning o‘rnini egalladi. Macintosh oilasining navbatdagi mahsuloti MacBook Pro Retina 15 va 13 dyumli qo‘l kompyuterlari. 2012–2013-yillarda MacBook Pro kompyuterlarini o‘rnini egalladi. Uning afzalliklari yuqori aniqlikdagi ekran, yupqaroq, ichki CD/DVD diskovodsiz hamda SSD qattiq disk. Shuningdek, u HDMI 1,4 aloqa porti bilan ham jihozlangan. Workstation tipidagi MacPro kompyuteri hamda MacMini stol kompyuterlari ham Macintosh oilasiga mansub kompyuterlar safiga kiradi.
Navbatdagi mahsulot 2001-yildan ishlab chiqarila boshlagan iPod musiqa pleyeridir. Apple mazkur mahsulot orqali jahon musiqa sanoatiga kirib bordi va bugungi kunda musiqa pleyerlari orasida yetakchilik qilmoqda. 2001-yildan to bugunga qadar 275 million dona iPod sotuvga chiqarildi. Hozircha iPod’ning to‘rt xil oilasi ishlab chiqarilgan: iPod nano, iPod shuffle, iPod touch, iPod classic. iPod classic 2014-yildan, iPod nano va iPod shuffle 2017-yilda sotuvdan olingan va ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Faqatgina iPod touch 2019-yilgi oxirgi versiyasi bilan hamon sotuvda qolmoqda.
Shubhasiz, Apple’ga shuhrat keltirgan, uni smartfon bozorida peshqadamga aylantirgan iPhone’dir. 2007-yilda Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan iPhone mana 13 yildirki jahon smartfon bozorida o‘zining xaridorgirligi va sifati jihatidan yetakchilik qilib kelmoqda. iPhone o‘zida smartfon, iPod va internet-mijozni birlashtirgan yagona qurilma edi.
iPhone uchun maxsus iPhone OS operatsion tizimi ishlab chiqildi. Bugun u iOS deb nomlanadi. 2008-yilda iPhone uchun maxsus dasturlar yuklab olish imkonini beruvchi AppStore do‘koni ochildi. Deyarli har yili Apple o‘z mijozlariga yangi versiyadagi iPhone’larini yangicha ko‘rinish va yangi qulaylik, imkoniyatlar bilan taqdim etadi. Kompaniya 2019-yil 10-sentabr kuni bira to‘la uchta yangi iPhone taqdim etdi. Bular iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max 11 Pro va 11 Pro Max qurilmalari Apple’da birinchilardan bo‘lib uchtalik fotokamera bilan jihozlandi.
Apple’ning navbatdagi mashhurlikka erishgan mahsuloti kompaniya ishlab chiqargan iPad’lardir. Birinchi marta 2010-yilda Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan iPad iOS’ning modifikatsiyalangan versiyasi bilan jihozlandi. iPad planshet tipidagi qurilma bo‘lib, smartfon va qo‘l kompyuterlari o‘rtasidagi jihoz bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, Apple iPad mini qurilmasini 2012-yildan boshlab ishlab chiqara boshladi.
2014-yil 9-sentabrda Apple elektronika bozoriga yana bir yangi mahsulot bilan kirib keldi. Bu Apple soatlari edi. 2015-yildan sotuvga chiqarilgan Apple Watch, Apple Watch Sport va 18 karatli oltindan tayyorlangan Apple Watch Edition soatlari alohida WatchOS operatsion tizimi bilan jihozlangan edi. Soat iPhone 5 va undan yuqori avlod iPhone’lari bilan ishlaydi va soatni ko‘rsatishdan tashqari boshqa turli xil vazifalarni, jumladan, sportchilar uchun pulsometr vazifasini ham o‘taydi.
Apple 2016-yil Apple Watch Series 2, 2017-yil Apple Watch Series 3, 2018-yil Apple Watch Series 4, 2019-yilda esa Apple Watch Series 5 soatlarini ishlab chiqardi. Ularning dizayni barchasida bir xilda saqlab qolingan bo‘lsa-da, ichidagi funksiyalari o‘zidan oldingisidan yaxshilangan holatda ishlangan.

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling