Yangi iPhone haqida yangi ma'lumotlar oshkor etildi


Download 21.96 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1393992
1   2   3   4
Bog'liq
Yangi iPhone haqida yangi ma

Apple va Stiv Jobs
Ko‘pchilik kompaniya asoschisi sifatida biladigan Stiv Jobs 1985-yil o‘sha paytdagi bosh direktor Jon Sulley bilan kelisha olmay qolgani sababli kompaniyani tark etishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng u NeXT kompaniyasiga asos soladi. Bu ham Apple’ga o‘xshagan kompyuterlarga asoslangan firma bo‘lib, keyinchalik 1996-yilda Apple tomonidan sotib olindi. Shuningdek, u Jorj Lukasdan Pixar kinokompaniyasining aksiyalarini ham sotib oldi hamda boshqaruv kengashi a’zosiga aylandi va Walt Disney Company’ning ilk individual aksioneriga aylandi.
1997-yil Apple boshqaruviga qaytganidan keyin kompaniyaning gullab-yashnash davri boshlandi. Mahsulotlar xilma-xilligi oshib ketdi. Ammo 2004-yili u og‘ir xastalikka chalinib qoldi va 2011-yil 25-avgust kuni o‘z vazifalarini bajarishdan voz kechdi va o‘rnini Tim Kukka bo‘shatdi. Ammo boshqaruv kengashi raisi lavozimini o‘zida saqlab qoldi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabr kuni 56 yoshida vafot etdi.
Kompaniya logotipi va shiori
Kompaniyaning logotipi nomiga monand olma tasviri, aniqrog‘i, tishlangan olma tasviri ekanini ko‘pchilik biladi. Lekin bu boshidan shunaqa bo‘lganmi, degan savol bo‘lishi tabiiy. Aslida, Apple’ning ilk logotipi bugungidan tubdan farq qilgan. Kompaniya nomi g‘oyasini Stiv Jobs taqdim etgan bo‘lsa, dastlabki logotipini Raymond Ueyn chizgan. Unda olma daraxtiga suyanib o‘tirgan mashur ingliz fizik olimi Isaak Nyuton tasviri tushirilgan. Surat atrofidagi chegara chizig‘ida Uilyam Vordsvorsning “Prelyuda” dostonidan parcha keltirilgan: “Newton… A mind forever voyaging through strange seas of thought… alone”.
Foto: Google Photos
Ammo ushbu logotip 1977-yilning boshidayoq almashtirildi. Bu safargisi kamalak ranglari bilan bo‘yalgan o‘sha mashhur tishlangan olma tasviri edi. Ushbu dizayn muallifi Rob Janoff hisoblanadi. Olmaning tishlanganini u odamlar olcha bilan aralashtirib yubormasliklari uchun ranglarni esa kompaniya ishlab chiqargan Apple II kompyuterlarining rangli tasvirlarining ramzi deb tushuntirdi.
Ushbu logotip 1998-yilda iMac G3 kompyuterlarining chiqarilishi bilan monoxromatik olmaga almashtirildi. Ammo kamalak rangli logotip ham Mac OS 8 va Mac OS 9 operatsion tizimlarida birgalikda ishlatilishda davom etdi. Faqatgina 2001-yil 24-martga kelib yangi monoxrom olma tasviri kamalak rang olma hayotiga nuqta qo‘ydi. Hozirgacha Apple monoxrom tasvirli olmadan foydalanib kelmoqda.
Har bir kompaniyada bo‘lgani singari Apple’ning ham o‘z shiori bor. Kompaniyalar shiorlari ko‘pincha o‘z faoliyat turidan, marketing falsafasidan kelib chiqadi. Apple’ning ilk shiori 1976-yilda ishlab chiqarilgan Apple I mikrokompyuteri broshyurasida “Byte into an apple” tarzida berilgan edi.
1997-yildan 2002-yilgacha haligacha mashhur “Think different” shiori ishlatildi. Hozirda rasman ishlatilmasa-da, Apple’ning shiori sifatida qabul qilinadi. Umumiy shiorlar bilan bir qatorda ma’lum bir mahsulotlar uchun ham alohida shiorlar ishlab chiqqan. Masalan, 1998-yilda ishlab chiqarilgan iMac mahsulotlari uchun “iThink, therefore iMac” shiori ishlatilgan. Macintosh namoyish etilganda “Hello”, iMac uchun “Hello (again)”, keyinchalik iPod va iPhone uchun juda o‘xshash shiorlar ham ishlatildi: “Say hello to iPod” va “Say hello to iPhone”

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling