Kompaniya narx siyosati
Apple’ning ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir jihati uning mahsulotlari narxining nisbatan yuqori ekanidir. Masalan, 1980-yillar davomida Macintosh kompyuterlarining narxi o‘zining analogi bo‘lmish IBM PC shaxsiy kompyuterlari narxidan ikki baravar qimmat edi. 1990-yillarda Intel korporatsiyasi ishlab chiqargan Pentium kompyuterlaridan uch baravar qimmatga sotilardi.
Narxlarning qimmatligi o‘sha paytda Macintosh kompyuterlarining rivojlanishi boshqa kompyuterlarga nisbatan sekinlashtirishiga olib keldi. Bugungi kunda ham Windows’da Mac OS’ga o‘tmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mahsulot narxi juda yuqoriligicha qolmoqda. 2005-yilda Apple arzon narxli Mac Mini kompyuterini sotuvga chiqardi. Kompaniya mahsulotlarining qimmatligi uning ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan materiallari qiymatining balandligi va umumiy hayotiy siklining yuqoriligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |