Yangi iqtisodiy siyosat
“Yangi iqtisodiy siyosat”ga o’tilishi va uning barbod bo’lish sabablari
Download 37.54 Kb.
|
4 (1)
2. “Yangi iqtisodiy siyosat”ga o’tilishi va uning barbod bo’lish sabablari. “Harbiy kommunizm” siyosati ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga g’ov bo’lib qoldi. Oziq-ovqat razvyorstkasi tufayli o’z omborida ortiqcha g’alla saqlash huquqidan mahrum bo’lib qolgan dehqonlar mahsulot yetishtirishni ko’paytirishga moddiy jihatdan qiziqmay qo’ydi. Dehqonlar g’alla va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni hatto kamaytirmoqda edi. “Shahardagi qurilish vazifalariga bevosita kommunistik yo’l bilan yaqinlashishdan iborat bo’lgan razvyorstkaning qishloqda joriy qilinishi ishlab chiqaruvchi kuchlarni yuksaltirish ishiga xalaqit berdi va bizlar 1921- yilning bahorida yo’liqqan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sababi bo’lib chiqdi”, - deb xatosini tan olgan edi V. I. Lenin.
Shu munosabat bilan 1921- yil martda Lenin bol’sheviklar taktikasida keskin burilish yasadi. Mamlakatda yangi iqtisodiy siyosat (NEP) joriy etildi. 1921- yil 15- martda RKP (b) X s’yezdi “Razvyorstkani natura solig’i bilan almashtirish to’g’risida qaror qabul qildi, bu qarorda: “...davlatning oziq-ovqat, xom ashyo va yem-xashak tayyorlash usuli bo’lgan razvyorstka natura solig’i bilan almashtiriladi” deyilgan edi. Bu siyosat iqtisodiyotning ko’p tarzli bo’lishini e’tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirishga yo’li ochildi. Mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo bo’ldi. Millionlab kosiblar mamlakat iste’mol mollarining to’rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi. “Yangi iqtisodiy siyosat”ga o’tish bol’sheviklarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga munosabatlari jiddiy o’zgarganini anglatardi, va balki, u muvaffaqiyat qozongan yoki uzoq vaqt davom etgan taqdirda, mamlakatda samarali iqtisodiy tizimning yaratilishiga olib kelishi ham mumkin edi. Mazkur siyosat xo’jalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni o’z qo’liga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni o’stirish va mustahkamlashga zo’r berdi. Qishloqda ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu yerda “oziq-ovqat razvyorstkasi”, ya’ni ortiqcha oziq-ovqatlarning kuch bilan tortib olinishi oziq-ovqat solig’i bilan almashtirildi. Endi dehqon davlat solig’ini bajarganidan so’ng ortiqcha mahsulotini bozorda erkin narxlarda sotishi mumkin edi. Savdoga xususiy sarmoya qo’yildi, davlat eng avvalo, sanoat mahsulotlarini taklif qiluvchi yirik ulgurji savdoning tashkilotchisiga aylandi. Dehqonlar 1921- yil bahorgi ekishni baland ruh bilan o’tkazdilar. 1921- yilda Sovet davlati qishloqlarga o’n minglab plug, borona, seyalkalar, pichan o’rish mashinalari va boshqa qishloq xo’jalik asboblari yubordi va shu bilan dehqonlarga kattagina yordam qildi. 1921- yilda Volgabo’yi, Ukraina, Qrim, Shimoliy Kavkaz va boshqa joylarda bo’lgan juda qattiq qurg’oqchilik qishloq xo’jaligiga g’oyat katta zarar yetkazdi. Qurg’oqchilik natijasida 22 million kishi ochlikka uchradi. Ochlikdan bir millionga yaqin kishi o’ldi. Ikki million bola yetim qoldi. Sovet hukumati ochlikka uchraganlarni o’limdan saqlab qolish uchun choralar ko’rdi. Qurg’oqchilikdan zarar ko’rgan rayonlarga 85 million pud g’alla yubordi, ijtimoiy ishlar yo’lga qo’yildi (bu ishlarda qatnashganlarga oziq-ovqat payoklari berildi), umumiy ovqatlanish tashkil etildi. Davlat ocharchilik hukm surayotgan rayonlardagi bolalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatdi. Yuqumli kasalliklarning paydo bo’lishiga va tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun bu rayonlarga keng miqyosda tibbiy yordami berildi. Davlat ocharchilikka qarshi kurashga oltin hisobida 156 million so’m sarfladi. 1919- yilda tuzilgan “Sovet Rossiyasiga texnika yordami berish AQSh va Kanada jamiyati” hamda 1921- yilda AQShda tashkil etilgan “Sovet Rossiyasi do’stlari jamiyati” bu sohada katta ish boshlab yubordi. Bu jamiyatlar mashina, traktor va boshqa ishlab chiqarish qurollarini sotib olish uchun mablag’lar yig’dilar, Sovet Rossiyasiga yuborish uchun ixtisosli ishchilar orasidan kishilar to’pladilar. 1921- yil yozda mamlakatga amerikalik agronom Garol’d Ver boshliq bir gruppa ishchilar keldi. Amerika ishchilari o’zlari bilan 21 ta traktor keltirdilar, bu traktorlar “Sovet Rossiyasi do’stlari jamiyati” to’plagan mablag’larga sotib olingan edi. “Yangi iqtisodiy siyosat” bilan bir vaqtda Sovet davlati iqtisodiyotni boshqarishni imkon qadar markazlashtirish chora-tadbirlarini faol amalga oshirdi. 1920- yil dekabrda GOELRO rejasi – mamlakatni davlat miqyosida elektrlashtirish rejasi qabul qilindi. U sanoat sohasidagi ishlab chiqarishni urushdan oldingi darajaga yetkazish, butun iqtisodiyotni yangi texnik baza va yirik sanoat asosiyda qayta qurishni ko’zda tutardi. Xususiy sanoat, qishloq mehnatini jamoalashtirish, xalqning farovonligi va madaniyatini oshirish rejalashtirildi. Mamlakat xalq xo’jaligini byurokratik markazlashtirishda 1921- yilda tashkil etilgan Rossiya Davlat banki muhim ahamiyatga ega edi. U barcha pul va kredit operatsiyalarini boshqarardi. Hukumat ko’rsatmalari asosida Davlat banki mamlakatda pul massasining aylanishini tartibga solardi. Xalq xo’jaligining alohida sohalarini boshqarish maqsadida sohalar bo’yicha xalq komissarliklari tashkil etildi. Ular xo’jalikni boshqarishning qat’iy markazlashtirilishiga, hokimiyat tizginining markaziy davlat apparati qo’liga o’tishiga erishdilar. Shunday qilib, mamlakatda bir vaqtning o’zida ikki: bir-biriga zid jarayon kechdi. Iqtisodiyotning tabiiy rivojlanishi bol’sheviklarni xususiy tadbirkorlik, erkin bozor munosabatlari bilan hisoblashishga majbur qildi, biroq g’oyaviy va siyosiy mulohazalar ishlab chiqarish vositalariga davlatning egalik qilishiga asoslangan ulkan xo’jalik birlashmalarining tuzilishiga olib keldi. Bunday iqtisodiyot barcha korxona, zavod, fabrika, yer, savdo va moliya tashkilotlarini to’liq milliyllashtirishni ko’zda tutardi. “Yangi iqtisodiy siyosat”ning birinchi yildayoq katta falokat - qurg’oqchilik ro’y berdi. Rossiyaning ulkan hududi ochlik sirtmog’ida qoldi. Ocharchilik ro’y bergan hududlarda 20 mln.ga yaqin aholi yashardi. Falokat bu yerda salkam bir yil davom etdi. Yuz minglab odamlar ochlikdan, to’yib ovqat yemaslik oqibatida paydo bo’lgan kasalliklardan halok bo’ldilar. Ko’plab odamlar oziq-ovqat serob o’lkalar, xususan, O’rta Osiyoga ko’chdi. Biroq, iqtisodiy qonunlarning buzilishi iqtisodiy rivojlanishdagi beqarorlikka olib keldi. Faqat 1927- yilga kelibgina ishlab chiqarish 1913- yil darajasiga yetdi. Qishloq xo’jaligi bu yilda urushdan oldingi darajaga ham yeta olmadi. Hosildorlik beqaror edi. 1924- yil ham qurg’oqchil keldi. Chorvachilik 20- yillarda urushdan oldingi darajaga yeta olmadi, dehqon xo’jaliklarining 30%i otsiz edi. Xo’jalikni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullari qiymatni belgilashda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Sanoat mahsulotlari narxlari sun’iy ravishda oshirildi. Natijada qishloq aholisi sanoat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo’ldi, sanoat mahsulotlari omborlarda qolib keta boshladi, korxonalar ishchilarga hatto maosh to’lay olmasdilar. Bol’sheviklar iqtisodiy konsepsiyasining barbod bo’lgani ko’zga aniq tashlanib qoldi. “Davlat sotsializmi”ning ma’muriy buyruqbozlik tizimi iqtisodiy yuksalishni ta’minlay olmadi. Amaldorlarning o’zboshimchaligi, chayqov bozori, korrupsiya, intizomsizlik, rejani bajarish yo’lida ishlab chiqarish texnologiyasini buzish va shu kabi qator illatlar ko’zga tashlanib qoldi. Yangi iqtisodiy siyosatning birinchi yildayoq katta falokat - qurg’oqchilik ro’y berdi. Rossiyaning ulkan hududi ochlik sirtmog’ida qoldi. Ocharchilik ro’y bergan hududlarda 20 mln.ga yaqin aholi yashardi. Falokat bu yerda salkam bir yil davom etdi. Yuz minglab odamlar ochlikdan, to’yib ovqat yemaslik oqibatida paydo bo’lgan kasalliklardan halok bo’ldilar. Ko’plab odamlar oziq-ovqat serob o’lkalar, xususan, O’rta Osiyoga ko’chdi. Sovet davlati ijtimoiy ta’minot sohasida muhim islohotlarni amalga oshira boshladi. 8 soatlik ish kuni joriy etildi, ayollarning mehnatiga erkaklar mehnati bilan teng haq to’lash belgilandi, nafaqalar, haq to’lanuvchi ta’tillar, mehnat qobiliyatini yo’qotganlar uchun kasallik varaqalari, ishchi va xizmatchilarga bepul tibbiy xizmat joriy qilindi. Qrimdagi sobiq shoh saroylari, Kavkazda, Qora dengiz bo’yida, Moskva va Petrograd tevaragida kurortlar, sanatoriylarda, ishchilarning dam olish uylari ochildi. Yuz minglab ishchi va xizmatchilar birinchi marta o’z yozgi ta’tillarini oromgohlarda o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ko’pchilik dam oluvchilarga yo’llanmalar bepul berildi. Respublikalar Sovetlarining 1924- yil yanvarda bo’lgan s’yezdlari SSSR Konstitutsiyasini ratifikatsiya qildi. SSSR Konstitutsiyasi 1924- yil 31- yanvarda Sovetlarning Butunittifoq XI s’yezdida uzil-kesil tasdiqlandi. SSSR Konstitutsiyasi tekstiga Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tuzish haqidagi Deklaratsiya va Shartnoma tekstlari ham kiritildi. Konstitutsiyada SSSR oliy hokimiyat organlari hal qiladigan bir qancha masalalar: tashqi siyosat, urush e’lon qilish va sulh tuzish, SSSR va respublikalarning chegaralari, SSSR tarkibiga qabul qilish, SSSR Qurolli Kuchlari, transport va aloqa, xalq xo’jaligini planlashtirish masalalari belgilandi. Bulardan boshqa hamma masalalarni har qaysi respublika o’zi mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir. Har qaysi respublika uchun SSSRdan erkin ajralib chiqish huquqi saqlandi. Barcha mavjud bo’lgan sovet sotsialistik respublikalarining ham, kelgusida tashkil topishi mumkin bo’lgan sovet sotsialistik respublikalarining ham Sovet Ittifoqi tarkibiga kirishi uchun keng yo’l ochib qo’yildi. Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling