223.Oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga borgan adibimizni aniqlang.
A) Cho‘lpon
B) Oybek
C) Abdulla Qodiriy
D) G‘.G‘ulom
224. Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” asari qaysi janrga xos va unda
qanday voqealar qalamga olingan?
A) Drama, hayotiy-maishiy voqealar qalamga olingan.
B) Poeziya, o'zbek xalqining mehmondo'stligi yoritilgan.
C) Doston, Pand-nasihat motivlari qalamga olingan.
D) Hikoya, Stalin davri qatag'oni fojiasi yoritilgan.
225.Roman atamasiga xos tushunchalar qatorini belgilang.
A) Epik tur
B) Yirik hajmli asar
C) A,B,D
D) Murakkab syujet chizig‘iga ega
226. “To‘y”, “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari kimning qalamiga mansub?
A) Abdulla Qodiriy
B) Cho‘lpon
C) Fitrat
D) Hamza
227. Qodiriyning qaysi hikoyasi faqat uning yutug‘i bo‘lib qolmay, Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi hisoblanadi?
A) Juvonboz
B) Uloqda
C) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan
D) Toshpo‘lat tajang nima deydir?
228. Qodiriy 1919- yil qaysi gazetaga muharrir bo‘lib tayinlanadi?
A) Ro‘sta
B) Ishtirokiyun
C) Oziq ishlari
D) Qizil bayroq
229. O‘zbekistonda yangi tipdagi matbuotning tug‘ilishi va shakllanishiga benihoya katta xizmat qilgan, ayniqsa, «Mushtum» jurnalining tug‘ilishi va oyoqqa turishda katta jonbozlik ko‘rsatgan adibni ko‘rsating.
A) Fitrat
B) Cho‘lpon
C) Hamza
D) Abdulla Qodiriy
230. 1926-yili «Mushtum» jurnalida bosilgan «Yig‘indi gaplar» hajviyasi kimning qalamiga mansub?
A) G‘.G‘ulom
B) A.Qodiriy
C) A.Qahhor
D) Cho‘lpon
231. Qodiriyni yozuvchi sifatida ilk bor elga tanitgan asarlarini ko‘rsating.
A) O‘tgan kunlar, Mehrobdan chayon
B) Kalvak Maxzumning xotira daftaridan, Toshpo‘lat tajang nima deydir?
C) Uloqda, Baxtsiz kuyov
D) A va C
Do'stlaringiz bilan baham: |