232. Qodiriyning hajviy asarlarida uchraydigan «Odamzod farzandining g‘aribi» kim?
A) Kalvak Maxzum
B) Toshpo‘lat tajang
C) Salim so‘tak
D) Solih Maxdum
233. Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani qaysi tanqidchi tomonidan zararli asar deb baholangan?
A) M.Sheverdin
B) Sotti Husayn
C) Ozod Sharofiddinov
D) A.Qahhor
234. Adabiyotda «qizil imperiya» deb nom olgan davr nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?
A) 1917- yilgi oktabr to'ntarilishidan 1941- yilgacha bo‘lgan davrni
B) 1917- yildan 1950- yilgacha bo'lgan davrni
C) 1880- yildan 1917- yilgi oktabr to'ntarilishigacha bo'lgan davrni
D) 1917- yil oktabr to'ntarilishidan 1991- yil O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgunigacha bo'lgan davrni
235. Sho'rolar Hukmati va bolsheviklar dinni nima deb e’lon qilishgan?
A) xalqning madad kuchi
B) xalq uchun afyun
C) xalqning ishonch quroli
D) xalq uchun erkinlik
236. Sho'rolar Hukmati kimlarni partiya g'oyalari va siyosatini targ'ib etuvchi “karnaychilar”ga aylantirishga harakat qilishgan?
A) o‘qituvchi va yozuvchilarni
B) shoir va tarbiyachilarni
C) adiblarni
D) Hukmat xodimlarini
237. Partiyaning uyushtirgan fitnalari oqibatida «xalq dushmani»ga aylangan adiblarimiz qaysi qatorda berilgan?
A) Qodiriy, Oybek, U.Nosir
B) Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat
C) Fitrat, U.Nosir, A.Qahhor
D) A.Qodiriy, A.Qahhor, Fitrat
238. Qaysi yozuvchi va shoirlar sho'rolar partiyasining tazyiqi ostida yashashga majbur bo'lgan?
A) Oybek, G'.G'ulom, A.Qahhor
B) Oybek, Cho'lpon, A.Qahhor
C) G'.G'ulom, A.Qahhor, Cho'lpon
D) H.Olimjon, A.Qahhor, Cho'lpon
239. “Sohibqiron” dramasida Amir Temurning jahongirlik tabiati nimalarda namoyon bo‘ladi?
A) xalqni bir shoh boshqarsin degan fikrida
B) sabr qanoatida
C) davlatni idora qilish usulida
D) barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |