255. «Jaloliddin Manguberdi» dramasi muallifini aniqlang?
A) U.Nosir
B) H.Olimjon
C) M.Shayxzoda
D) Oybek
256. Xastamen... fikrga, tuyg'uga to‘lib –
Oy menga hamqadam – asta yuramen.
Sog'aysam bir kuni yozamen to'yib,
Hislarga qalbimni qo'shib yozamen. 1951- yilda insult kasaliga yo‘liqqach, o‘zini ijodiy mehnatsiz tasavvur eta olmasligini his qilib, misralarida sog‘ayish va sog‘aygach, to‘yib ijod qilishi mumkin bo‘lgan paytni orziqib kutayotgani aks etgan ushbu satrlar muallifini aniqlang.
A) Mirtemir
B) Maqsud Shayxzoda
C) Oybek
D) G‘afur G‘ulom
257. Oybek haqida kim «Oybek prozada shoir-u, poeziyada prozaikdir» - degan fikrni bildirgan?
A) A.Qahhor
B) Z.Saidnosirova
C) H.Olimjon
D) G‘.G‘ulom
258. «Navoiy» romanidagi badiiy to'qima obrazlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Jomiy, Dildor, Sultonmurod
B) Dildor, Sultonmurod, Arslonqul
C) Arslonqul, Dildor, Behzod
D) Majididdin, Dildor, Arslonqul
259. Uch kitobdan iborat roman qanday nomlanadi?
A) trilogiya
B) dilogiya
C) roman epopiya
D) pentologiya
260. Sh.Xolmirzaevning quyidagi hikoyalarining qaysi birida milliy ma’naviyatimiz yuksak darajada tasvirlangan?
A) “Qadimda bo’lgan ekan”.
B) “O’zbeklar”.
C “Nimadan yo’q bo’ldi”.
D “Hayot abadiy”.
261. Mulla Dilkash G’.G’ulomning qaysi asarida tasvirlangan оbraz?
A)“Shum bola”.
B)“Chorbozorchi”.
C) “Tirilgan murda”.
D) “Hiylayi shar’iy”.
262. A.Oripov she’riyatining bosh mavzusini aniqlang.
A) Sevgi va muhabbat.
B) Do’stlik.
C) Tinchlik.
D) Ona Vatan, vatanparvarlik.
263. Oybekning birinchi she'riy to'plami qanday nomlanadi?
A) Ko'ngil naylari
B) Tuyg'ular
C) Mash'ala
D) Ko’klam
Do'stlaringiz bilan baham: |