287. O.Yoqubovning ilk asari bo’lmish “Tengdoshlar” qissasi qayerda yozilgan?
A) tug‘ilgan qishlog‘ida
B) harbiy xizmatda ekanida
C) Toshkent SAGUda o‘qib yurganida
D) to‘g‘ri javob berilmagan
288. «Bas, yetar, yolg‘on saodat,
Yolg‘on erk, yolg‘on vatan!» Yuqoridagi misralar E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?
A) Yolg‘on saodat
B)Vatan istagi
C) Sirdaryo o‘lani
D) Hozirgi yoshlar
289. «Minding ilm narvoniga
Chiqding funun osmoniga
Bu jahon ayvoniga
Arkon o‘zing, vayron o‘zing» Ushbu she’riy parchadagi «arkon» so‘zining ma’nosini izohlang.
A) obod
B) ostona
C)ustun
D) davlat
290. «Oqib turgin, qurib qolma, onajon» degan o‘ta samimiy, cheksiz mehrga yo‘g‘rilgan misralar E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?
A) Sirdaryo o‘lani
B) Ruhlar isyoni
C) Vatan istagi
D) Yoshlik devoni
291. E.Vohidovning «Nega bu kun bemadorsan, haloksan?...» misrasi uning qaysi she’ridan olingan?
A) Yaxshidir achchiq haqiqat
B) Tush
C) Sirdaryo o‘lani
D) Ruhlar isyoni
292. «O‘zni ozod qush kabi ko‘rmoqni istar bu ko‘ngil…» Ushbu misra muallifini aniqlang.
A) U.Nosir
B) Abdulla Oripov
C) H.Olimjon
D) E.Vohidov
293. «U hali tug‘ilmasdan burun o‘z yurtidan judo etilgan edi…» Yuqoridagi mulohazalar kim haqida?
A) H.Olimjon
B) R. Hamzatov
C) Nazrul Islom
D) U.Nosir
294. «Zamon uning yonib turgan yuragini so‘rardi». Mazkur jumla qaysi asar qahramoniga nisbatan aytilgan?
A) Jannatga yo‘l, Yigit
B) Ruhlar isyoni, Nazrul Islom
C) Qiyomat, Pochamir
D) Jannatga yo‘l, do‘st
295. «XX asrning 70- yillari oxirida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarga xos el-yurt g‘ami, erki, ozodligi yo‘lida kuyib-yonishlar bu davrda ham davom etayotganini tasdiqlaydi…»Yuqorida qaysi doston haqida gap bormoqda?
A) Jannatga yo‘l
B) Ko‘k dengiz
C) Hakim va ajal
D) Ruhlar isyoni
296. Uning ayniqsa «Eron taronalari», «Faust» tarjimalari adabiyotimiz va ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo‘ldi. Yuqorida qaysi atoqli adibimiz haqida gap bormoqda?
A) E.Vohidov.
B) Abdulla Oripov.
C) U.Nosir.
D) P.Qodirov.
Do'stlaringiz bilan baham: |