Yangi O`zbekiston iqtisodiy sharoitda tadbirkorkorlikning rivojlanishi. Reja
Mamlakatning ekologik barqaror kelajagini barpo etish uchun
Download 33.68 Kb.
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikro biznes uchun yagona soliq stavkasi
Mamlakatning ekologik barqaror kelajagini barpo etish uchun:
tabiiy resurslarni, jumladan, suv va yer resurslarini samaraliroq boshqarish; atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini yanada kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini, shu jumladan energetika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; tabiiy ofatlar xavfini boshqarish tizimini takomillashtirish lozim. «Hukumatdagi hamkorlarimizga yaqin hamkorlik va MTDni tayyorlashda zarur bo‘lgan ma’lumotlar uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Hisobot JBning O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda kelgusi besh yil ichida muhim islohotlarni amalga oshirish uchun rasmiylarga biz tomonimizdan ko‘rsatiladigan moliyaviy va tahliliy yordam hajmi belgilanadi. Dastur may oyi oxirida Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi», — deya qayd etdi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli. 3. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tadbirkorlik sohasi uchun muhim bo‘lgan qator o‘zgarishlar e’lon qilindi. Mikro, kichik va o‘rta biznes Ochiq muloqotda tadbirkorlik korxonalarini toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvlar belgilandi. Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha quyidagi toifalarga ajratilmoqda: 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani – mikro biznes; 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani – kichik biznes; 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes. Shundan kelib chiqib, tadbirkorlarga ayrim yengilliklar ham berilmoqda. Mikro biznes uchun yagona soliq stavkasi2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan soliq stavkalari o‘rniga, yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi. Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun, amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi. Soddaroq aytgandda, oldingi tartib bo‘yicha, “oborot”i bir yilda 100 million so‘m bo‘lgan tadbirkor 4 million so‘mdan 25 million so‘mgacha soliq to‘lagan. Endi esa yagona stavka — 4 million so‘m to‘laydi, xolos. Bu savdo aylanmasi miqdoridan kelib chiqib, o‘zgarishi mumkin. Ya’ni, masalan, 1 milliard so‘m aylanmaga ega bo‘lganlar 250 million o‘rniga 40 million to‘laydi. Yana bir muhim yangilik — agar tarbirkor o‘z xohishi bilan 20-30 million so‘m soliq to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va o‘sha hisobotni soliq idoralariga yuborishi shart bo‘lmaydi. Bu orqali tadbirkor, birinchidan 40 milliondan kamroq soliq to‘laydi, ikkinchidan qog‘ozbozlikdan ozod bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar mikro biznes egalarida kelajakka xavotir hissini yo‘qotadi. Chunki soliq stavkasining turli darajalari borligi uchun ular imkon qadar pastroq soliq stavkasida yurishga harakat qiladi, bu esa o‘z navbatida ayrim qonunbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotni ham keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, mikro biznes egalarining aksariyati alohida buxgalter shtati saqlamaydi, bu iqtisodiy tomondan ham o‘zini oqlamaydi. Bundan tashqari ularni har oy turli soliq hisobotlari bilan boshini qotirish ham aslida noto‘g‘ri bo‘ladi. Download 33.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling