Yangi O`zbekiston iqtisodiy sharoitda tadbirkorkorlikning rivojlanishi. Reja
Download 33.68 Kb.
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lekin, sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz!”
Foyda solig‘ining 50 foizi
2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi. Bu imtiyoz 370 ming kichik tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi. Qayd etish kerakki, ayrim tadbirkorlar soliq yukidan qochib, daromadlarini yashiradi va turli yo‘llar bilan o‘zini mikro biznes vakili qilib ko‘rsatishga urinadi. Ushbu yangilik mikro biznesdan kichik biznesga o‘tgan tadbirkorlarga o‘z o‘rnini topishda katta yordam beradi. Prezidentning qayd etishicha, aylanmasi 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlarga xabardor qilish orqali soliq to‘lovlarini 6 oy ichida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoni beriladi. Agar tadbirkor xohlasa, uning soliq hisobotlarini soliq idoralari ko‘makchi bo‘lib, yuritishga ham yordamlashadi. “Qorong‘uda ishlash vaqti o‘tdi”Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida tez o‘sib borayotgan yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun, 2023-yil 1-yanvardan: kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi; mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi; soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi; davlat xaridlarida 20 foiz kvota o‘rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag‘ to‘lab beriladi (amalda 15 foiz). “Endi O‘zbekistonda qorong‘uda ishlash yo‘q bo‘lishi kerak. U zamon o‘tib bo‘ldi. Endi ochiq ishlaylik, halol ishlaylik, soliq to‘laylik, manfaat topaylik”, — dedi davlat rahbari. Pasaytirilayotgan QQS Eng muhim yangilik – bu shubhasiz, 2023-yildan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilayotgani bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yanada tushirishga va’da bergan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmaganini, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emasligini ro‘kach qilib QQS stavkasini tushirishni keyinga qoldirish taklifini bergan mutasaddilar ham bo‘lgan. Davlatimiz rahbari minbardan turib, shunday dedi: “Lekin, sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz!” Korzinka asoschisi Zafar Hoshimov muloqotda taklif berarkan, QQSga ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi: “QQSning pasayishidan hamma, eng birinchi navbatda, eng oxirgi iste’molchi bo‘lgan xalq yutadi”. Download 33.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling