Yangi O`zbekiston iqtisodiy sharoitda tadbirkorkorlikning rivojlanishi. Reja


Voz kechilayotgan 2 trillion so‘m


Download 33.68 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1500746
1   2   3   4   5
Bog'liq
tadbirkorlik

Voz kechilayotgan 2 trillion so‘m


Joriy yil 1-iyuldan boshlab, bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilindi.
Lekin, avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo‘ladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Shularni inobatga olib, Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechishni taklif qildi.
Aslida soliq sohasidagi yengilliklar qo‘llansa, barchaga birdek qo‘llanishi kerak. Kimgadir yengillik berib, boshqalarga berilmasa, o‘z-o‘zidan sog‘lom raqobat yo‘qoladi.
1-iyuldan bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilinganda ko‘pchilik tadbirkorlar xursand bo‘ldi, ammo bungacha mana shu oshirilgan stavka qo‘llangan 19 ming tadbirkorga nisbatan biroz adolatsizlik bo‘lgandi.
Bugun o‘sha adolat qayta tiklandi. Davlat 2 trillion so‘mlik soliq qarzlaridan voz kechadigan bo‘ldi. Endi eski hokim chiqargan qarorni yangi hokim bekor qilolmaydi
Ochiq muloqotda yangragan yana bir muhim yangilik — yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshirilishi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida barcha hokimlarning e’tiborini ushbu masalaga qaratdi: mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘ldi endi, bir hokim keladi, ikkinchisi uning qarorini bekor qiladi. Prezident hokimni qarorni bekor qilish uchun qo‘ymaydi, tadbirkorni qo‘llash, xalqni rozi qilish, sharoitni yaxshilash uchun qo‘yadi.
Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Ya’ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Prezident.

Tadbirkorlarni jazolash emas, ularga yordam berish kerak


Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshinchi yo‘nalish – tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalari bilan bog‘liq.
Bunda eng avvalo tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun, tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi. Jarimalar miqdori ham, tadbirkorlarning to‘layotgan solig‘idan oshib ketmasligi belgilanmoqda.
Muloqot chog‘ida shuningdek, faol tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladigan bo‘ldi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish taklifi bildirildi.


Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling