Yangi o’zbekiston sharoitida Jismoniy tarbiya sportining rivojlanishi Annatatsiya


Download 101.5 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1449200
Bog'liq
O\'ktam.tt


Yangi o’zbekiston sharoitida Jismoniy tarbiya sportining rivojlanishi

Annatatsiya. Ushbu ilmiy maqolani yozishdan maqsad yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga bolgan etiborni va sportchilarga yaratilyotgan turli xil shat sharoitlarni va shu bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport tog’risidagi qabul qilinayotgan qarorlar qonunlarni insonlarga va ommaga kengroq yortib berishdan iborat
Kalit so’zlar: Jismoniy tarbiya, soglom, sport, barkamol, sog’lik, aholi, yoshlar , qonun, olimpiya, chempion

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilmoqda. Aytish mumkinki, mamlakatning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi roli va uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi hisoblalanishi bilan ahamiyatlidir.


O'zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonundir, shu bilan birga qator qarorlarni amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda.o 'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir.
« O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan. O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
.

O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi uchun bugungi kunda hukumat tomonidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi natijasida sohaga yangicha yondashuv va sportchilarni Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorlashning zamonaviy usullari kirib keldi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni1, shuningdek 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi2 Qarorlari muhim qonunchilik hujjati sifatida e’tirof etish joiz.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlari yanada takomillashtirildi.3
Ushbu beshta ustuvor yonalishning ikkinchi bosqichida aynan Jismoniy tarbiya va sport tog’risida qilinadigan ichlar yuzasida gap boradi.Buning natichasida aholi va davlat idoralari oliy o’quv yurtlar maktab va maktabgacha ta’lim jarayonlarida turli xil sport musobaqalari o’tgazib kelinmoqda.


Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi. Ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.2022-yildan har yili 30-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.Jumaladan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha umumtaʼlim maktablarida 10 ta sport turi boʻyicha 49 196 ta sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1,2 mln nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam shugʻullanib kelishayotganligi hamda 254 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 328 875 nafar, 54 ta Sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 33 438 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilinganligi haqida maʼlumotlar aytib oʻtildi.2017-yilning 3-iyun kuni “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3031-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturi bilan sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida jami 90 ta sport inshooti, 77 ta suzish havzasi qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash va qayta jihozlash, jumladan, 2017-yilda 24 ta sport majmuasi va 15 ta suzish havzasi, 2018-yilda 14 ta sport majmuasi va 19 ta suzish havzasi, 2019-yilda 13 ta sport majmuasi va 22 ta suzish havzasi, 2020- yilda 10 ta sport majmuasi va 13 ta suzish havzasi, 2021-yilda 29 ta sport majmuasi va 8 ta suzish havzasini barpo etish belgilab berildi.4Shuningdek, 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-sonli farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu farmonning 4-ilovasi bilan Respublika tuman (shahar)larini ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish belgilandi.5
Shuningdek sportda yuqori yutuqlarga erishgan va iqtidorli sportchillarni munosib taqdirlash uchun davlatimiz tomonidan Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilindi 6
Keyinchalik aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish mqasadida ham juda koplab qonun va qarorlarga o’zgartrishlar kiritildi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratildi.7
Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Respublikasi sportchilari ham jahon sport musobaqalarining eng oliysi hisoblangan Olimpiada o’yinlarida o’z davlatmiz nomini dunyoga tanitdilar
Jumladan O'zbekiston Rio Yozgi Olimpiadasini o'zi uchun rekord sondagi - ja'mi 13 ta medal bilan yakunladi. O'yinlarda qayd etgan bu kabi natijalar bilan qolgan barcha Markaziy Osiyo davlatlarini ham ortda qoldirib sportchilarimiz davlatimiz bayrog’ini balandga kotardi, Og'ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov oltin medal olish barobarida Olimpiada rekordini ham yangiladi. Rio Yozgi Olimpiada O'yinlari yakuniga kelib, O'zbekiston 206 ishtirokchi davlat orasidan hisobidagi ja'mi 13 ta medali bilan medallar jadvalida 21-o'rinni egalladi.
Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston 3 ta oltin va 2 ta bronza bilan Tokio Olimpiadasi medallar reytingida 32-pog‘onani egalladi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan 17 ta sport turi bo‘yicha jami 65 ta yo‘nalishda atletlar ishtirok etdi sportchilar Olimpiadada umumiy hisobda 5 ta (3 ta oltin va 2 ta bronza) medalni kiritdi va umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi.Shuningdek Prezidentimizning Tokio Olimpiadasida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoni oʻqib eshittirildi.Farmonga muvofiq, Bahodir Jalolov “Fidokorona xizmatlari uchun”ordeni, Ulugʻbek Rashidov va Akbar Joʻrayev “Oʻzbekiston iftixori” medali bilan taqdirlandi.Bekzod Abdurahmonov va Davlat Bobonov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, sportchilar murabbiylari va boshqa ishtirokchilar ham munosib taqdirlandilar.Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini tiklash, ularni ommalashtirish va keng targ’ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi.
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishini to’rtta asosiy yo’nalishlarda kuzatish mumkin: ommaviy sport, bolalar sporti, xotin-qizlar sporti, yuqori natijalar sporti. 
Yuqori natijalar sporti yoki katta sportning rivojlanish dinamikasini yuqorida aytib o’tganimiz kabi O’zbekiston terma jamoalarining xalqaro sport musobaqalari, Olimpiya va Osiyo o’yinlaridagi yutuqlari asosida kuzatish mumkin.


Xulosa qilib aytishimiz mumkinki mamlakatimizda jismoniy tarbiya va spotning rivojlanishi uchun Jismoniy tarbiya va sport tog’risidagi qaror va qonunlar sportchi yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar shart - sharoitlar yaratilib koplab sport inshooatlari foydalanishga topshirildi.Shuningdek Sportchilarimiz uchun turli xil ordenlar nomdor stipendialar Oliy oquv yurtlari uchun imtiyozlar yaratilganligini aytishimiz joiz.

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son.

2 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 07/18/3907/1706-son.

3 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 07/20/4877/1451-son.

4 Matkarimov.R.M. Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati. T., “O‘zbekiston”, 2015, 21-bet

5 “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 2015-yil 4-sentabr. O‘RQ-394-son

6 (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son)



7 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2020-y., 07/20/5924/0081-son

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling