Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Download 34.05 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 80 kun mobaynida 6 ta qonun, Prezidentning 7 ta farmoni va 17 qarori qabul qilindi.
Xalqaro darajada: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida gibrid shaklida xalqaro forum o‘tkazish lozim. Ayni yo‘nalishda turli siyosiy-diplomatik tadbirlar tashkil etilishi ham ayni muddaodir.
Xulosa qilib aytganda, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ni hayotga izchil tatbiq etish jarayonlari ancha ilgari – Shavkat Mirziyoev ikkinchi marta O‘zbekiston Prezidenti lavozimini rasman bajarishga kirishgan sanadan boshlangan. Shundan so‘ng orada o‘tgan 80 kun mobaynida 6 ta qonun, Prezidentning 7 ta farmoni va 17 qarori qabul qilindi. Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan qabul qilingan “Favqulodda holat to‘g‘risida”, “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi yangi qonunlarni va bir qator qonunlarga kiritilgan muhim o‘zgartirishlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliyotga izchil joriy etilayotgan ushbu qonun hujjatlarining barchasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning so‘zsiz bajarilishiga qaratilgan. Ayni damda oldimizda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati va ahamiyatini teran targ‘ib etish, unda belgilangan muhim vazifalarni amalga oshirish, ijrosini tahlil va monitoring qilib borishdek ulkan ko‘lamdagi vazifalar turibdi. Xulosa Keyingi yillarda yurtimizda Yangi O’zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadni izchil amalga oshirishga qaratilgan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hozirgi davr talabi va taqozosi, jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchlari va rivojlanish omillarini belgilaydigan faoliyat dasturidir. Mazkur strategiya bundan keyingi yillarda ham xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlar davomiyligini ta’minlashning yaqqol ifodasidir. O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish vazifalari” mavzusidagi ma’rifiy tadbir “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilini amalga oshirishning ma’naviy sohadagi vazifalarini bajarish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish maslalariga qaratilgan 5 ustuvor yo‘nalishiga doir maqsad va vazifalarni bajarish va bunda quyidagi maqsad va vazifalarga alohida ahamiyat qaratish zarurligi haqida fikrlashdilar: Birinchidan, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini yanada samarali va tizimli tashkil qilish. Ikkinchidan, yaqin yillarda mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajaga ko‘tarish va bu boradagi faoliyat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Yangi O’zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi”ni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va hayotga joriy etilishini ta’minlash. Uchinchidan, fuqarolarning ezgulik va insonparvarlik g‘oyalari hamda yuksak ma’naviyat tamoyillariga asoslangan sog‘lom dunyoqarashi va zamonaviy tafakurini “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi asosida shakllantirishni umummilliy harakatga aylantirish. To‘rtinchidan, BMTning ko‘plab “Axloq kodeksi”ni mamlakatimiz hayotida qo‘llash va implementatsiya qilish maqsadida “Yangi O’zbekiston jamiyatining ma’naviyat kodeksi”ni yaratish va uning amaliyotini ta’minlash zarurati ham allaqachon yetilgan. Beshinchidan, “O’zbekiston Respublikasining ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida” qonunini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirilishini ta’minlash. Olinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi asosida “Yangi O’zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” turkumida kitoblar, lug‘at va risolalar tayyorlash va chop etish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shu maqsaddagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish. Yettinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil qilish. Sakkizinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida barcha davlat va jamoat tashkilotlarida “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil qilish. Anjuman so‘nggidan O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar dasturi ma’qullandi va bu boradagi vazifalar belgilab olindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 92 b. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 4. Murojaatnomasi. – “Zarafshon”, 2018-yil 29-dekabr, 155-156-son. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – “Zarafshon”, 2020-yil 30-dekabr. 1. and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 430-439. Download 34.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling