Yangi o‘zbekiston yangicha dunyoqarash


Download 7.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi7.78 Kb.
#1834616
Bog'liq
G`isht ko`prik MFY 15-maktabdagi tadbir haqida ma\'lumot



(13.11.2021 yil holatiga) 
Namangan shaxrida “YaNGI O‘ZBEKISTON – YaNGIChA DUNYoQARASh” 
madaniy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirlarini mahallalar kesimida tashkil etish va 
o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT 
Bugun 13 noyabr kuni Namangan shahridagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim 
maktabida “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-
ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda G‘isht ko‘prik nomli MFY hududida istiqomat 
qiluvchi 100 dan ortiq fahriylar hamda fuqarolar qatnashdilar.
Madaniy dastur tashkil etiladigan hudud bayramona bezatilgan bo‘lib, maktab 
hovlisida 20 dan ortiq xil ijodiy stendlar, 200 dan ortiq turdagi kitoblardan iborat 
kitoblar ko‘rgazmasi va sportning shaxmat, shashka, tennis, karate, taekvondo va 
gimnastika turlari bo‘yicha sport chiqishlari tayyorlangan. 
Tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan NamDU Oliy matematika kafedra mudiri 
Najmiddinova Hilola,Oliy matematika kafedrasi o‘qituvchilaridan Egamov Jasur
Qurbonov Abduqaxxor, viloyat yozuvchilar uyushmasidan Abdulla Jalil, honandalar 
Sohib Kozixanov va Fotima Akbarova, Namangan shahridagi 1-BO‘SM sport 
murabbiyi Bobur Xaydarov o‘z shogirdlari bilan ishtirok etdi. 
Shundan so‘ng, faollar zalida musiqali kecha va badiiy chiqishlar boshlandi. 
Unda 15-sonli maktabning iqtidorli o‘quvchilari hamda Namangan shahridagi 
san’atkorlar, sportchilar, ijodkor yoshlar, viloyat Yozuvchilar uyushmasi vakillari o‘z 
ijod namunalarini mehmonlarga ulashdi.Tadbir davomida madaniyat hodimlari va bir 
qator ijrochilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi. 



Download 7.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling