Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”


Farg’ona vodiysida yashayotgan aholining og’ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2


Download 110.55 Kb.
bet5/9
Sana23.12.2022
Hajmi110.55 Kb.
#1048622
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik darsi

1. Farg’ona vodiysida yashayotgan aholining og’ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. Odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat O’zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo’lishi mumkinligi.
3. Ishsizlik, ish o’rinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining ko’payib borishi.
4. YOshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o’ylab ko’rilmagani kabi sabablar. O’zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo’ladigan munosabatlarni o’zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo’lmasligini va buning uchun respublikaning to’liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O’zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo’jaliklari va individual uy – joy qurilishini yanada rivojlantirish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g’oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo’lsa ham, Islom Karimov o’z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o’sha yilning 4 oyida aholi qo’shimcha 90,7 ming gektar yer oldi.
XX asr 80 yillarining oxirlari - 90-yillarining boshlarida respublikada ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o’z umrini o’tab, bozor munosabatlariga o’tish harakatlari endigina ro’y berayotgan bir davrda, O’zbekistondagi og’ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish, O’zbekistonning haqiqiy suverenitetini o’rnatish, mamlakatda yashayotgan ko’p sonli millatlarning totuvligi va tengligini ta’minlashga erishishga kirishildi. 1989 yil 21 iyundan O’z KP MQ birinchi kotibi lavozimiga kirishgan Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning asosiy vazifalaridan biri bu, O’zbekiston xalqi respublika rahbariyatining yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlashdan iboratligi ma’lum bo’ldi. CHunki, O’zbekiston rahbariyati xalqning xohish-irodasini hisobga olib, uning manfaatlarini ko’zlab ish yuritishi lozim edi.
Vujudga kelgan o’ta og’ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to’siqlarga qaramasdan, xalqimiz Islom Karimovboshchiligida o’zining asriy orzusi – O’zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari dadil va qat’iyat bilan harakat qilishda davom etdi. SHu bilan birga, boshqa respublikalarda xususiylashtirish to’g’risida gap sotilayotganda, aynan muholiflar tomonidan o’rinsiz tanqid qilinayotgan “konservatorlar respublikasi”da birinchilardan bo’lib xususiy korxonalar paydo bo’ldi. Respublikada do’konlarni va maishiy xizmat ko’rsatish sohasini xususiylashtirish boshlanib, 1990 yilning o’zida 170 ming gektar yer oilalarga meros qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million gektargacha yetkazish belgilab olindi. So’nggi paytlargacha yerlarning bor-yo’g’i 4,5 foizida dehqonchilik qilgan shaxsiy xo’jaliklar respublikadagi oziq-ovqat resurslarining 40 foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo’lsa, yerlarning umumiy salmog’ida bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyod oshganda oziq-ovqat mahsulotlari hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar.



  1. Download 110.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling