Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”


Islom Karimov – O’zbekistonning birinchi Prezidenti


Download 110.55 Kb.
bet6/9
Sana23.12.2022
Hajmi110.55 Kb.
#1048622
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik darsi

Islom Karimov – O’zbekistonning birinchi Prezidenti.

XX asrning so’nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o’z davrini o’tab bo’lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo’la boshladi. Bu hol o’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.
80-yillarning oxirlarida O’zbekistonda tinch hayotni ta’minlagan holda davlatni boshqara oladigan, millat ravnaqi yo’li asoslarini boshlab bera oladigan rahbar respublika uchun zarur edi. 1989 yil 24 iyunda I.A.Karimov O’zbekiston rahbari etib saylandi. U O’zbekiston rahbari etib saylangan kundan boshlab O’zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirishga qat’iy kirishdi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, biri-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o’shadavrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990 yil boshida O’zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko’tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko’maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o’tishni bildirar edi.
Alohida shuni ta’kidlash kerakki, o’shakezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish,fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.
SHu ob’ektiv holatni hisobga olib, 1990 yil 24 martda O’zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekistonning Prezidenti etib saylash to’g’risida qaror qabul qildi. O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo’yilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.
O’zbekistonning mustaqillika erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadam 1990 yil 20 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo’yildi. Sessiyada O’zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiya” qabul qilindi va uning kirish qismida qo’yidagicha yozib qo’yildi:“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbekxalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi,”. Bu muhim hujjat O’zbekistoning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan. Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko’rsatdilar. O’zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990 - yil 18 iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab etdilar.
O’zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya raislari va muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so’ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko’rib chiqildi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
SHu kundan boshlab respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O’zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo’yaverdi.
1991 yil 17 martda umumxalq referendumi o’tkazildi. Referendumda O’zbekiston xalqining mutlaq ko’pchiligi O’zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko’rish hohishi borligi namoyon qildi.
O’zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi.
1990-yillarning boshlariga kelib sobiq SSSR ning ijtimoiy-siyosiy holatida inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat ayniqsa, ko’pchilikrespublikalarning ittifoq tarkibidan chiqish, o’z-o’zini belgilash huquqini berish, markazning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko’rish kabi talablarning xaqli ravishda qo’yilishida aksini topdi. Lekin, markaziy rahbariyat xalqlar va ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo’yi respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqib ketishi, O’zbekistonda, keyinchalik esa boshqa respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet to’g’risidagi Deklaratsiyalarning qabul qilinishiga tish-tirnog’i bilan qarshilik ko’rsatganligida ham ko’rish mumkin.
Lekin, baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to’xtatib bo’lmas edi. SHu sababdan ham, davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq rahbariyati 1990 yilning kuzida markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlarni yangi holatga o’tkazish maqsadida muzokara jarayonini boshlashga majbur bo’ldi.
Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, yashashi uchun zarur bo’lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og’ir bo’lgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo’yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to’g’ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruktsiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo’shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to’g’risida amaliy tadbirlar bo’lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi o’rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o’sib borishi edi.
Ana shunday og’ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O’zbekiston rahbariyati korxona va xo’jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bo’layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o’rtasida sog’lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo’lgan uchrashuvda O’zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo’lgan har qanday ko’rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O’zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston SSR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O’zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo’lidaboraveradi, deb ko’rsatildi. O’shakuni O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O’zbekistonning mustaqilligiga erishish yo’li qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi.
SHunday og’ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekiston davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. SHu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida” Qaror qabul qildi, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo’lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o’ztakdirini o’zi hal qiladigan bo’ldi;
O’z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to’la huquqli egasiga aylandi;
buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an’analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo’ldi;
“O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida”gi Qarorda “1 sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, - deb qat’iy belgilab qo’yildi.


  1. YAngi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”.

Jonajon Vatanimiz - O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo’lini boshlaganiga 31 yil to’ldi. Mustaqillik xalqimiz uchun o’z taqdirining xaqiqiy egasi bo’lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to’la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.
Mustaqillik yillarida ko’xna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag’rikenglik hamjixatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga dahldorlik tuyg’usi yuragimizning tub-tubidan o’rin oldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini nishonlash arafasida, o’tgan davr mobaynida bosib o’tilgan murakkab yo’limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baxolash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir.
Darxaqiqat, mustaqillik tufayli o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo’y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. “Mustaqillik” va “islohot” tushunchalariga mushtarak so’zlar sifatida qarashimiz tabiiy, albatta. CHunki, faqat mustaqil davlat va mustaqil jamiyatdagina islohotlarni amalga oshirish mumkin. Mustaqillik ham, islohotlar ham insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz dahlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Aholining keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan o’tkazilgan amaliy suhbat va muhokamalar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalari va sharhlarini o’rganish, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish natijasi o’laroq, 2017 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Harakatlar strategiyasidan ko’zlangan asosiy maqsad - islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat edi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyatda sodir bo’lgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha sohada jadal sur’atlarda yuksalishni yuzaga keltirdi. Bu dunyo hamjamiyatining ham yuksak e’tirofiga sazovor bo’ldi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha Davlat dasturlari qabul qilingan holda amalga oshirilib kelindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish haqida so’z borganda, muhim siyosiy jarayon - Prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan parlamentga Murojaatnoma yo’llash instituti joriy etilganini alohida qayd etish lozim.
SHu o’rinda, 2017 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini ta’kidlab o’tish joiz. 2017-2021 yillarda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5 mln. 780 mingdan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi, shundan 3 mln. 288 mingdan ortig’i qanoatlantirildi. Murojaatlarning to’liq, o’z vaqtida va qonuniy o’rganib chiqilishi natijasida ularni qanoatlantirish darajasi ham yil sayin oshib bormoqda. Umuman olganda, mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. SHuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va xususiy mulk dahlsizligini kafolatlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va qambag’allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o’rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi. So’nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda YAngi O’zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. “YAngi O’zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasi amalda jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so’zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida Prezident SHavkat Mirziyoevning 2022 yil 28 yanvar kuni PF-60 - sonli «Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 7 ta ustuvor yo’nalishdan iborat “2022 - 2026 yillarga mo’ljallangan YAngi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” farmoni va uni «Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi.
Ushbu ishlab chiqilgan 7 ta ustuvor yo’nalish quyidagilardan iborat:
- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
- milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
- ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Bu yo’nalishlarda belgilangan vazifalar 100 ta maqsadni o’z ichiga oladi. SHuningdek, “YAngi O’zbekiston - taraqqiyot strategiyasi”da inson qadrini ulug’lashga yo’naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida: ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ijtimoiy sug’urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug’urta jamg’armasini tashkil etish; kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish; «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo’lgan shaxslar bo’yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan «Temir daftar», «YOshlar daftari» va «Ayollar daftari»ni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» bilan integratsiya qilish; ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo’lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo’shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish; mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha tuman (shahar) xokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo’lga qo’yish; mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko’rsatish, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo’lga qo’yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzi oshirish; mahallalarning «o’sish nuqtalari» va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash tizimi samaradorligi oshirish; mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko’maklashish va o’qitish markazlari, tadbirkorlik ob’ektlari kabi infratuzilmani yaratish bo’yicha chora- tadbirlar kabi bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Albatta, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz bundan buyon faoliyatimizni “inson - jamiyat - davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etamiz. CHunki, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan bog’liq ustuvor masalalarni hal etishda keng jamoatchilik, har qaysi fuqaroning fikri biz uchun o’ta muhimdir. SHuningdek, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “YAngi O’zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu asosda mahalliy boshqaruv organlarining joylarda muammolarni hal etishdagi roli va mas’uliyati yanada kuchaytirilmoqda. Buning uchun davlat funktsiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o’tkazilmoqda. Insonparvarlik - bu insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to’g’risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amho’rlik qilishni ifodalovchi g’oyadir. Ushbu g’oyaning mohiyatiga ko’ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g’amxo’rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir. Insonparvarlik g’oyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq og’zaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy ta’limotlarda o’z aksini topib kelmoqda.

Download 110.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling