Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”


Download 110.55 Kb.
bet8/9
Sana23.12.2022
Hajmi110.55 Kb.
#1048622
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik darsi

3️⃣ Biznes: 5 ta asosiy vazifalarning navbatdagisi biznes. Albatta, biznesni rivojlantirmasdan biror natijaga erishishni orzu qilish ham imkonsiz. SHavkat Mirziyoev o’z nutqida tadbirkorlik rivojlangan davlatda – sifatli ta’lim, malakali tibbiyot, farovon hayot hamda ertangi kunga ishonch bo’lishi dunyo tajribasida allaqachon o’z isbotini topganini ta’kidladi.
Umuman aytganda, biz qurayotgan YAngi O’zbekistonda biznesni rivojlantirish orqali qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi, kambag’allik qisqaradi, aholi daromadlari ko’payadi. Buning uchun xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barcha to’siqlar bartaraf etiladi. Davlat boshqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat ishtiroki keskin kamaytiriladi. Biz aholi va tadbirkorlarga soliq yukini yengillashtirish, soliq tizimini soddalashtirish bo’yicha islohotlarni izchil davom ettiramiz. Bunda, hech kimga alohida imtiyozlar berilmaydi, sog’lom raqobat muhiti uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi”, - dedi davlatimiz rahbari.
4️⃣ Tibbiyot: Aholi va ayniqsa kelajak avlod sog’lom bo’lmasa, rivojlangan davlat qurish qiyin. Axir sog’lik bo’lmasa, boshqa narsa tatirmidi? SHu sababli SHavkat Mirziyoev 5 ta asosiy vazifaning muhim qismlaridan biri sifatli tibbiyot tizimini yaratish ekanligini aytdi.
To’rtinchidan, sog’liqni saqlash tizimida aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiramiz. Barcha hududlarda shoshilinch tibbiy yordam qamrovini oshirib, uni odamlarga yanada yaqinlashtiramiz. Maqsadimiz – xalqimiz sog’lom hayot kechirishi va o’rtacha umr ko’rish darajasini uzaytirishga erishish”, - dedi Prezident.
5️⃣ Ichimlik suvi: Navbatdagi muhim masala nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo uchun global muammo. Hattoki ayrim ekspertlar kelajakda davlatlar o’rtasidagi janglar aynan ichimlik suvi sababli bo’lishini taxmin qilmoqda. O’zbekistonda ham bu borada jiddiy muammolar borligi barchamizga ma’lum. SHu sababli SHavkat Mirziyoev birlamchi navbatda hal qilinadigan asosiy vazifalardan biri toza ichimlik suvi ekanligini ma’lum qildi.
Beshinchidan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi doimo diqqatimiz markazida bo’ladi. Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin ko’paytiriladi. SHu bilan birga, muammoli hududlarga toza ichimlik suvini yetkazish va sifatini yaxshilash bo’yicha alohida dasturlarni amalga oshiramiz”, - dedi Prezident.



  1. Download 110.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling