Yangi Oʻzbekistonda El aziz, Inson aziz
Download 25.16 Kb.
|
1-sentabr (2)
Boshlovchi: Diqqat, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etiladi.
(Madhiya ijro etilgan vaqtda maktabning eng namunali, tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan 2 nafar o‘quvchilari (flagshtokda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ko‘taradi. Barcha o‘quvchilar madhiyani jo‘r bo‘lib ijro etadilar.) Sultonali Raxmatovning “Baxt” musiqasi sadolari ostida sahnaga 2 nafar boshlovchilar chiqib keladi. Musiqa sadolari ostida boshlovchilar so‘zi yangraydi.
Boshlovchi: Avliyolar, daholarning beshigisan, Naqshbandlar topgan jannat eshigisan, Tiriklikning navosi ham qo‘shig‘isan, Sen azizzsan, muqaddassan, ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq. Boshlovchi: Yuragimda tulporlaring dupurlari, Qaysi yurtning bordir buyuk Temurlari? Olovdan omon chiqqan Semurg‘lari, Sen azizzsan, muqaddassan, ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq. Boshlovchi: Assalomu alaykum davramizga tashrif buyurgan muxtaram mexmonlar. Vatan ertasi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani yelkasiga mardona ilgan ustoz va murabbiylar! Boshlovchi: Assalomu alaykum maktab ostonasiga faqatgina yaxshi niyatlar bilan qadam qo‘ygan, o‘quvchilik maqomini faxr deb bilgan ilmga chanqoq aziz o‘quvchilar! Ushbu fayzli davramizga xush kelibsiz! Bugun butun yurtimiz uzra mustaqilligimizning 31 yillik to‘yi shukuxi kezib yuribdi. Eng ulug‘, eng aziz bayram mustaqillik shodiyonasi bilan hammangizni muborakbod etamiz. Boshlovchi: Bugungi tadbirimizga tuman xokimligi vakili __________________________, tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi xodimi ________________________________, ___________ maxalla oqsoqoli _____________________, ______________________ maxalla uchastka noziri _______________________________ va _____________________________________ _________________________________lar tashrif buyurishgan. 2- Boshlovchi: Tadbirimiz avvalida tabrik uchun so‘zni maktabimiz direktori ________________________________________________________ ga beramiz. (Maktab direktorining tabrigi) Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling