Yangi Oʻzbekistonda El aziz, Inson aziz
Download 25.16 Kb.
|
1-sentabr (2)
Maktab direktori: Assalomu alaykum, aziz mexmonlar, xurmatli ustozlar va qadrli o‘quvchilar. Barchangizga Mustaqillik va bilimlar bayrami muborak bo‘lsin. Biz bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31- yilligini yangidan-yangi zafarlar, ko‘tariki ruxda, musaffo osmon ostida, bag‘ri butunlikda kutib olmoqdamiz. Albatta bu mustaqillik va tinchlik nashidasidir. Azizlar, banday dorulomon kunlarga yetib kelishni o‘zi bo‘lmadi. Bunda albatta O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidanti, xurmatli Islom Abdug‘anievich Karimovning beqiyos xizmatilarini eslamasdan xech iloji yo‘q. Bu insonning sayi xarakatlari natijasida Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi va uning uzviy mantiqiy davomi sifatida “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi” qabul qilindi. Bu dastur asosida Respublikamizda yangidan-yangi zamonaviy uslubdagi maktablar qurilib, kapital ta’mirlandi. Xuddi shuningdek, bizning maktabmizda ham barkamol avlodning xar tomonlama yetuk bulib voyaga yetishi, ta’lim va tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugungi kunda ham muxtaram prezidentimiz Mirziyov Shavkat Miromonovich tomonlaridan 2022-2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilganligi, bunda Yoshlarga oid Davlat siyosatini takomillashtirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy extiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-loboratoriya uskunalari, kompter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jixozlash; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish; umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish; bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishiga, ularni musiqa va san’atga jalb qilish choralarini ko‘rish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish. Bu vazifalarni amalga oshirishda “O‘z bolangni o‘zing asra” shiori ostida ota-onalarning mas’ulyatini oshirish, sinf raxbarlari bilan xamkorlikni yanada mustaxkamlash, maxalla faollari bilan doimiy ravishda ish olib borish zarur va muximdir. Bu yo‘lda barchangizga kuch-g‘ayrat, sog‘liq va salomatlik tilab, yana bir bor barchangizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etaman. 1-Boshlovchi: Tabrik uchun so‘z tadbirimizga tashrif buyurgan mexmonlarimizdan ________________________________________________ga beramiz. Marxamat. (Maxalla oqsoqolining tabrigi) Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling