Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana10.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1087113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Adxam Soataliyev BMI65018

— produktiv — bilish savollari. Savollar bolalarning idrok, xotira, 
nutqlarini aktivlashtiradi, matеrialning tushunilishini va o`zlashtirilishini 
ta'minlaydi. Elеmеntar matеmatik tasavvurlarni 
shakllantirishda bir qancha savollardan foydalaniladi. Bular buyumning konkrеt 
bеlgilarq, xossalarini, amaliy ish natijalarini tavsiflashga yo`naltirilgan, ya'ni uning 
xususiyatlarini qayd qiluvchi eng sodda savollardan boshlab, bog`lanishlar, 
munosabatlar, aloqalar o`rnatishni so’raydi. 
 


20 
II. BOB. LOYIHA QISMI 
2.1. Dasturlash asoslari bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar. 
Maʼlumot (informatsiya) lotincha informatio – axborot, izoh, bayon etish maʼnolarida 
qoʼllanadi. Bu tushuncha ayrim adabiyotlarda boshlangʼich tushuncha sifatida qabul 
qilinsa, ayrimlarida taʼriflanadi. Masalan, S. V. Simonovich bu tushunchani 
quyidagicha taʼriflaydi: “Informatsiya – bu axborotlar va ular mos metodlarning oʼzaro 
taʼsiridir”. Kaymin V. А. informatsiya tushunchasini quyidagicha izohlaydi: 
“Informatsiya mazmun jihatidan biror kimsa yoki biror narsa haqidagi axborot boʼlsa, 
shakl jihatidan belgi va signallar yigʼimidir”. 
Informatika (inform - informatsiya, matiks – haqidagi fan) tushunchasi XX 
asrning 80-yillaridan muomalaga kirgan. Gʼarb davlatlarida Komputer Ssiense – 
kompyuterlar haqidagi fan nomi bilan yuritiladi.
“Dasturlash asoslari” fani XX asrning 80–yillarigacha kibernetika nomi bilan 
keng yuritilgan. Keyinchalik informatika deb nomlangan. Bugungi kunga kelib
informatikaning mustaqil bir boʼlimi, shu bilan birga alohida fan sifatida Oliy oʼquv 
yurtlarida oʼqitiladi. Uning asosiy obʼekti boʼlib maʼlumot hisoblangan. 
А. P. Yershov “informatika fani maʼlumotlarni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish 
qonun-qoidalarini oʼrganadi” deb yozgan edi.
Ojegov G. А. informatika faniga shunday taʼrif beradi. “Informatika – bu 
maʼlumotlarning umumiy xususiyatlari va strukturasi, shuningdek ularni yigʼish, 
saqlash, qayta ishlash, uzatish hamda faoliyatning turli koʼrinishlarida foydalanish 
bilan bogʼliq masalalarni oʼrganuvchi fandir”. 
S. V. Simonovich informatika fani haqida “informatika-bu texnik fan boʼlib, 
maʼlumotlarni hisoblash texnikasi vositasida yaratish, saqlash, qayta ishlash usullarini 
tizimlashtiruvchi hamda bu vositalarni boshqarish va ishlash printsiplarini oʼrganadi”. 


21 
Fanning shu davrdagi strukturasiga qarab, taʼlim tizimda oʼqitish uchta yoʼnalish 
boʼyicha olib borilgan: 
1. dasturlash asoslari (muayyan dasturlash tillari oʼqitilgan); 
2. amaliy matematika (informatsion jarayonlarning borishini oʼrgangan); 
3. EHM ning texnik qurilmalari (hisoblash texnikasi fani doirasida oʼqitilgan). 
Informatika fanining dasturlash asoslarini oʼqitish tizimida asosiy eʼtibor 
masalalar uchun algoritm qurish, dasturlash tillarini oʼrganish, bu bilimlarni sonli 
usullar, hisoblash matematikasi kabi fanlar doirasida amalda qoʼllash qonun-qoidalari 
qaratilgan.
Аlgoritm deganda ijrochiga koʼrsatilgan maqsadga erishishga yoki qoʼyilgan 
masalalarni yechishga qaratilgan amallar ketma-ketligini bajarish uchun tushunarli va 
aniq koʼrsatmalarni tushuniladi. 
Аlgoritmik til deb algoritmlarni ijrochiga tushunarli boʼlgan va bir xil koʼrinishda 
ifodalash uchun zarur boʼlgan belgilar va qonun-qoidalar majmuasiga aytiladi. 
Аlgoritmik tillarni dasturlash tillari deb ham yuritiladi. Mashina dasturi – kompьyuter 
qurilmalarini boshqarish uchun qurilgan buyruqlarning mantiqiy ketma-ketligi boʼlib, 
maʼlum bir algoritm ostida ishlab chiqiladi va dasturlash tillaridan birida ifodalanadi. 
Har bir dasturlash tili oʼziga xos alifbo, buyruqlar tizimi va buyruqlarni yozish qonun-
qoidalari hamda maxsus xizmatchi soʼzlardan tashkil topadi. Biz bundan keyin 
“mashina dasturi” jumlasi oʼrniga qisqaligi uchun “dastur” soʼzidan foydalanamiz.
Dasturlash texnologiyasi deganda kompyuterda foydalanish uchun yaroqli 
dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur boʼlgan vositalar va metodlar hamda ularni 
amalda qoʼllash ketma-ketligi tushuniladi.
Yuqori bosqich dasturlash tillari esa dasturlarni ham kompyuterga, ham insonga 
tushunarli boʼlgan koʼrinishda ishlab chiqishga imkon beradi va kompyuter tizimdagi 


22 
oʼziga xosliklar hisobga olinmaydi. Bu tilda dasturlarni ishlab chiqish tez, qulay va 
xatoliklarning boʼlish ehtimoli kam. fortrаn, bаsik, pаskаl kabi dasturlash tillari yuqori 
bosqichli hisoblanadi. Bu dasturlash tillari oʼqitishda quyidagi uchta muhim 
xususiyatga ega boʼlgan abstraktsiyalash mexanizmidan foydalanishni eʼtiborga olish 
lozim boʼlgan: 
• dasturlash tillarida parametrlarni uzatish mexanizmlari paydo boʼldi; 
• strukturali dasturlash asoslariga poydevor qoʼyildi va unda komponentalarning taʼsir 
doirasini (koʼrinish sohalarini) chegaralashni nazarda tutgan holda qism dasturlarni 
ichma-ich joylashtirish oʼz aksini topdi; 
• katta dasturiy sistemalarni qism dasturlar asosida strukturali koʼrinishda tashkil qilish 
uslublari ishlab chiqildi. 
Biz dasturlash tillarining rivojlanish tendentsiyalarini kuzatar ekanmiz, asosan quyidagi 
ikki yoʼnalishni alohida taʼkidlash mumkin:
• alohida amallarini dasturlashdan yirikroq komponentalarning dasturlashga oʼtilishi; 
• yuqori bosqichli dasturlash tillarining rivojlanishi va mukammallashuvi.
Dasturlash tillarining arxitekturasi ham oʼzgardi. Bunday arxitektura birinchi 
avlod dasturlash tillarida yuzaga kelgan koʼplab ziddiyatli vaziyatlarni hal qildi, 
xususan, algoritmik abstraktsiyalashni boshqarishni kuchaytirdi, Аmmo yuqori 
bosqichli dasturiy taʼminot, turli tipdagi maʼlumotlar bilan ishlash masalasini toʼla hal 
qila olmadi. 50-yillardan boshlab ishlab chiqilgan dasturlash tillarini oʼqitish ularning 
oʼziga xos boʼlgan tomonlarini eʼtiborga olgan holda amalga oshirildi. Hozirgi 
davrgacha ishlab chiqilgan dasturlash tillarining umumiy soni 2500 dan ortiq boʼlib, 
ularning koʼpchiligi dasturchilar orasida vaqtgacha boʼlgan oʼz oʼrnini topa olmadi, 


23 
ammo ularning ayrimlari yangi dasturlash tillarini yaratishda muhim poydevor boʼlib 
xizmat qildi. Dasturlash tillarini quyidagi guruhlarga boʼlish mumkin.
60-85-yillarda ishlab chiqilgan kompyuterlar faqat ilmiy-texnik va hisob-kitob 
bilan bogʼliq boʼlgan masalalarini yechish uchun moʼljallangan boʼlib, boshqa 
xarakterdagi masalalarni yechishning iloji yoʼq edi. Strukturali dasturlash tillarini 
oʼqitishda boʼlajak mutaxassislarni berilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda 
masalaning yechish algoritmini ishlab chiqishga oʼrgatish taʼlim jarayonining eng 
ustuvor maqsadi hisoblangan.
Dasturiy ta’minot, shu jumladan o‘yinlarning yaratilishda foydalaniladigan 
dasturiy vositalar oxirgi yillarda mobil ilovalar tobora ommalashib bormoqda. Natijada, 
mobil ilovalarni yaratmoqchi bo‘lgan dasturchilar uchun ko‘plab dasturiy vositalar 
ishlab chiqilmoqda. Ushbu vositalar orasida so‘nggi paytlarda o‘z imkoniyatlari bilan 
ajralib turadigan Flutter ham bor. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling