Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana10.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1087113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Adxam Soataliyev BMI65018

4851-son. Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Qaror mazmunida quyidagilar nazarda 
tutilgan. Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini 
takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng 
joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot 
texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining 
samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq 



tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin 
yaratmoqda. 
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 
maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va 
shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil 
etilmoqda. Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar 
yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini 
takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini 
kuchaytirishni taqozo etmoqda. 
Tadqiqot maqsadi: Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan maqsad maktabgacha ta‘lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilarining ilm tomon ilk qadamlarida matematikaga bo‘lgan 
qiziqish va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Tadqiqot vazifalari: BMIni bajarish davomida quyidagi vazifalar maqsad qilib 
qo‘yildi. 
1. Malakaviy ishni yaratish davomida yosh avlodni qobilyatini rivojlantiruvchi turli 
hildagi mobil ilovalarga moslashuvini boshqarish va ijobiy va salbiy tomonlarini 
aniqlab, agarda salbiy ta‘sirlar bo‘lsa, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rib 
chiqishdan iborat. 
2. Ilovani tatbiq etish asosida fuqorolarning murojatlarini monitoring qilish; 
3. Innovatsion loyihalarni keng qamrovlarda boshqarish. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling