Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Adxam Soataliyev BMI65018
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. NAZARIY QISM 1.1. Maktabgacha talim o‘quvchilarida kommunikativ kompetentlarni rivojlantirish
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv-malakaviy ishi kirish, tahliliy
qism, asosiy qism, hayot faoliyati xavfsizligi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iboratdir. 7 I.BOB. NAZARIY QISM 1.1. Maktabgacha ta'lim o‘quvchilarida kommunikativ kompetentlarni rivojlantirish Kommunikativ kompetensiyani maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishi bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha yosh – bu shaxsning jadal rivojlanish davri, bu hissiy va intellektual sohalarning birligi sifatida ong yaxlitligini shakllantirish, turli xil faoliyatlarda bolaning mustaqilligi va ijodiy individualligi asoslarini shakllantirish bilan bog‘liqligini, yana shuningdek, J.Ravenning «…kompetentsiya – bolaning qiziqish darajasiga qarab individual ravishda namoyon bo‘ladi», degan fikrlarini tushunib yetgan holda kollej o‘quvchilarida nutq madaniyati va fikrlash ko‘nikmalarini birgalikda shakllantirilgandagina amalga oshirish mumkinligini anglashimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish mashqlarini olib borishda o‘zlari ham bolalardek rolga kirishib bajara oladigan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalana olishga va to‘g‘ri fikr-mulohaza chiqarishga o‘rgatib borishimiz muhimdir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan, bolalar uchun sevimli bo‘lgan ertak janrlaridan foydalanishda ijobiy va salbiy qahramonlarning tilidan so‘zlayotganda bularning hayotga bo‘lgan munosabatlarini ifodalashda o‘quvchining so‘z boyligi va nutqining grammatik tuzilishini rivojlantirishga yordam beradigan til vakolatlarini shakllantirish eng katta imkoniyatlarga ega. O‘quvchilar ertaklarni aytib berishda qahramonlar tilidan so‘zlay olishga, ichki his-tuyg‘ularini uyg‘ota olishga, bolalarning so‘zlash mahoratini sezilarli darajada boyitishga harakat qilishda o‘zlarining shaxsiy harakatlarining faollashishi, tasvirni yaratishda, g‘oyalarni amalga oshirishda ijodkorlikning namoyon bo‘lishi, harakatlar, yuz ifodalari, intonatsiya yordamida badiiy obrazni uzatish, o‘z nutqining o‘zini o‘zi boshqarish darajasini oshirish, uni takomillashtirishga intilish, bolalar bilan gaplashayotganda uyatchanlik, qo‘rqoqlik, ishonchsizlikni yengish kabi bir qancha hislatlarni 8 shakllantirgan bo‘lmog‘i lozimdir. Pedagogika kollejlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilarga nutq madaniyatini o‘rganib olishlari uchun o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar muntazam ravishda amalga oshirilib borishi muhimdir. Mashg‘ulotlar ko‘proq o‘yin tarzida, ertaklarni sahnalashtirib jonli yetkazib bera olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiririb borishga, o‘quvchilarning o‘zlariga mustaqil ravishda milliy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda yangi obrazlarni yaratishga o‘rgatib borish ham nutq boyligining ortishiga, fikrlash doirasining kengayishiga olib keladi. O‘quvchilar izlanishlari natijasida bir-birlari bilan erkin muloqatga kirishishda diologik nutqdan foydalanish qoidalarini, o‘zlari o‘ylab topayotgan ertak qahramonlarining boy sarguzashtlarini yaratish maqsadida o‘zbek tilining izohli lug‘atidagi jumlalarni izlab topishga harakatlari natijasida monologik nutqini ham rivojlantirib boradi. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, pedagogika kollejlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda mustaqil va amaliy topshiriqlarni birgalikda bajarib borishlari, o‘zlari erkin holatda yangi g‘oyalarni izlab toppish uchun ijodiy muhitning yaratilib berilishi o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalari va nutq boyligining oshishiga olib keladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling