Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Adxam Soataliyev BMI65018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsadi
4851-son. Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Qaror mazmunida quyidagilar nazarda tutilgan. Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq 6 tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Tadqiqot maqsadi: Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan maqsad maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ilm tomon ilk qadamlarida matematikaga bo‘lgan qiziqish va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: BMIni bajarish davomida quyidagi vazifalar maqsad qilib qo‘yildi. 1. Malakaviy ishni yaratish davomida yosh avlodni qobilyatini rivojlantiruvchi turli hildagi mobil ilovalarga moslashuvini boshqarish va ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlab, agarda salbiy ta‘sirlar bo‘lsa, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rib chiqishdan iborat. 2. Ilovani tatbiq etish asosida fuqorolarning murojatlarini monitoring qilish; 3. Innovatsion loyihalarni keng qamrovlarda boshqarish. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling