Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana10.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1087113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Adxam Soataliyev BMI65018

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv-malakaviy ishi kirish, tahliliy 
qism, asosiy qism, hayot faoliyati xavfsizligi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
qismlaridan iboratdir. 



I.BOB. NAZARIY QISM
1.1. Maktabgacha ta'lim o‘quvchilarida kommunikativ kompetentlarni 
rivojlantirish 
Kommunikativ kompetensiyani maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishi 
bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha yosh – bu shaxsning jadal rivojlanish davri, 
bu hissiy va intellektual sohalarning birligi sifatida ong yaxlitligini shakllantirish, turli 
xil faoliyatlarda bolaning mustaqilligi va ijodiy individualligi asoslarini shakllantirish 
bilan bog‘liqligini, yana shuningdek, J.Ravenning «…kompetentsiya – bolaning 
qiziqish darajasiga qarab individual ravishda namoyon bo‘ladi», degan fikrlarini 
tushunib yetgan holda kollej o‘quvchilarida nutq madaniyati va fikrlash ko‘nikmalarini 
birgalikda shakllantirilgandagina amalga oshirish mumkinligini anglashimiz lozim 
bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish mashqlarini olib borishda 
o‘zlari ham bolalardek rolga kirishib bajara oladigan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi 
namunalaridan foydalana olishga va to‘g‘ri fikr-mulohaza chiqarishga o‘rgatib 
borishimiz muhimdir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan, bolalar uchun 
sevimli bo‘lgan ertak janrlaridan foydalanishda ijobiy va salbiy qahramonlarning 
tilidan so‘zlayotganda bularning hayotga bo‘lgan munosabatlarini ifodalashda 
o‘quvchining so‘z boyligi va nutqining grammatik tuzilishini rivojlantirishga yordam 
beradigan til vakolatlarini shakllantirish eng katta imkoniyatlarga ega. O‘quvchilar 
ertaklarni aytib berishda qahramonlar tilidan so‘zlay olishga, ichki his-tuyg‘ularini 
uyg‘ota olishga, bolalarning so‘zlash mahoratini sezilarli darajada boyitishga harakat 
qilishda o‘zlarining shaxsiy harakatlarining faollashishi, tasvirni yaratishda, g‘oyalarni 
amalga oshirishda ijodkorlikning namoyon bo‘lishi, harakatlar, yuz ifodalari
intonatsiya yordamida badiiy obrazni uzatish, o‘z nutqining o‘zini o‘zi boshqarish 
darajasini oshirish, uni takomillashtirishga intilish, bolalar bilan gaplashayotganda 
uyatchanlik, qo‘rqoqlik, ishonchsizlikni yengish kabi bir qancha hislatlarni 



shakllantirgan bo‘lmog‘i lozimdir. Pedagogika kollejlarida maktabgacha ta’lim 
yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilarga nutq madaniyatini o‘rganib olishlari 
uchun o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar muntazam ravishda amalga oshirilib 
borishi muhimdir. Mashg‘ulotlar ko‘proq o‘yin tarzida, ertaklarni sahnalashtirib jonli 
yetkazib bera olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiririb borishga, o‘quvchilarning 
o‘zlariga mustaqil ravishda milliy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda 
yangi obrazlarni yaratishga o‘rgatib borish ham nutq boyligining ortishiga, fikrlash 
doirasining kengayishiga olib keladi. O‘quvchilar izlanishlari natijasida bir-birlari bilan 
erkin muloqatga kirishishda diologik nutqdan foydalanish qoidalarini, o‘zlari o‘ylab 
topayotgan ertak qahramonlarining boy sarguzashtlarini yaratish maqsadida o‘zbek 
tilining izohli lug‘atidagi jumlalarni izlab topishga harakatlari natijasida monologik 
nutqini ham rivojlantirib boradi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, pedagogika kollejlarida ta’lim 
olayotgan o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda mustaqil 
va amaliy topshiriqlarni birgalikda bajarib borishlari, o‘zlari erkin holatda yangi 
g‘oyalarni izlab toppish uchun ijodiy muhitning yaratilib berilishi o‘quvchilarda 
fikrlash ko‘nikmalari va nutq boyligining 
oshishiga olib keladi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling