Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida


Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi


Download 278 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi278 Kb.
#1624779
1   2   3   4   5   6   7   8
Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi.
Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo’lgan korxonalar o’z faoliyatlari jarayonida, bankrot deb e’lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya’ni qo’shib olinishi, bo’linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan mijoz qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda bankka yangi tashkil etilgan paytdagi kabi xujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog’liq bo’lmagan holda nomi o’zgaradigan bo’lsa yoki korxonaning bo’ysunishi o’zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo’yinsinishi o’zgarganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasi topshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko’plab tijorat banklari faoliyat ko’rsatib ular o’rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil ravishda tanlaydilar. Korxonalar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan bank muassasasi xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o’tib uning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so’ng, bank mijozning hisobvarag’idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi.
Mijoz ushbu tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan birga hisobvaraq ochayotgan bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801- (hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qo’rib, esda saqlab qoling) hisobvarag’ini ochadi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda xabar beradi. Yozma xabarni olgach, mijoz o’zining avvalgi bankiga hisobvarag’idagi qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik hisobvarag’iga o’tkazib berish haqida to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Bank mijozning yuridik xujjatlar yig’majildidagi xujjatlar va boshqa to’lov xujjatlari bo’yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo’yilgan xolda kurerlar yoki pochta orqali dalolatnomani va u bilan birga xujjatlarni hisobvaraq ochayotgan bankka jo’natadi. Bu xujjatlarni qabul qilganligi haqida hisobvaraq ochayotgan bankda dalolatnomaning bir nusxasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va muxr qo’yilgan xolda avvalgi bankka etkazib beriladi.
Hisobvaraq egasi orqali ushbu xujjatlarni bir bankdan ikkinchi bankka etkazib berish ta’qiqlanadi. Dalolatnoma olingandan so’ng mijoz hisobvarag’idagi pul mablag’lar qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi. Hisobvaraq ochayotgan bank o’zida mijozga hisobvaraq ochib vaqtinchalik hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag’larni o’tkazib qo’yadi. Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan xujjatlardan nusxa olib, belgilangan tartibda o’z arxivida saqlaydi.
Mijoz to’g’risidagi barcha ma’lumotlar ikki oy davomida ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so’ng ular arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi. Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko’ra yopilishi mumkin. Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o’rtasida tuzilgan bank hisobvaraqlarini yuritishi bo’yicha shartnomalar bekor qilinadi. Mijozlarning hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi:
 hisobvaraq egasining arizasiga ko’ra;
 korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko’ra;
 korxona tugatilganda;
 bank talabi bilan.
Asosiy hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga ko’ra, hisobvaraqdagi pul mablag’lari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo’yicha yoki sud ajrimiga ko’ra xatlanganda to’xtatib qo’yiladi. Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank talabiga ko’ra bekor qilinadi.
Bank talabiga ko’ra bank hisobvarag’i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
- Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko’rsatilgan minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag’larini ushlab turmasa va bu haqda bank tomonidan ogoxlantirilgandan so’ng, bir oy ichida belgilangan summaga etkazilmasa;
- Agar shartnomada boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, korxona hisobvarag’i bo’yicha 1 yil davomida operatsiyalar o’tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag’lari qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasiga ko’ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi Bank hisobvarag’i shartnomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo’ladi.
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankda ochish uchun mijoz tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 2-bobida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank mijozga 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ochadi.
Mijoz tomonidan bankka chek daftarchalari va to‘lov terminallari (mavjud bo‘lsa) qaytariladi, asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish uchun ariza taqdim etiladi hamda asosiy hisobvaraqdagi qoldiq mablag‘ni asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazayotgan bank qoldiq mablag‘larni 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha mijozning to‘lov topshiriqnomasini ijro etgandan keyin BDMABga asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish bo‘yicha so‘rov shakllantiradi. Mazkur so‘rov uch ish kuni davomida faol bo‘ladi. Ushbu muddat ichida asosiy hisobvaraq ochilmagan taqdirda, asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank tomonidan so‘rov takroran shakllantiriladi.
Asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga mablag‘lar kirim qilingandan so‘ng yangi asosiy hisobvaraq ochiladi. Bunda, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar asosiy hisobvaraqqa bank tomonidan memorial order bilan o‘tkazilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Mijozning asosiy hisobvarag‘i boshqa bankka ko‘chirilganda, uning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi va asosiy hisobvaraqning nazorat kalitidan tashqari barcha ma’lumotlar o‘zgarmagan holda saqlanadi.
O‘tkazilgan asosiy hisobvaraq bo‘yicha kelib tushgan to‘lov va ijro hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgach, ular yangi asosiy hisobvaraq ochilgan bank (filial) nomi ko‘rsatilgan holda qaytarib yuboriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ochiladigan qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari ushbu qarorlarda belgilangan vaqtincha foydalanish muddati tugagan sanadan keyingi ish kuni yopiladi. Ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lar qoldig‘i bank tomonidan memorial order bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Bunda, ushbu hisobvaraqni yopish uchun ariza olish talab etilmaydi.


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, shartnoma mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda yoki unda ko‘rsatilgan holatlar yuz berganda bekor qilinadi. Shartnomaning bekor qilinishi mijozning bank hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi.
Shartnoma sud orqali bekor qilinganda ham bank hisobvaraqlari yopilishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan harakatsiz holatga o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari davlat reyestridan chiqarilgan kundan e’tiboran shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
Ixtiyoriy tugatilayotgan va (yoki) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tugatilayotganda, ularning bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu Yo‘riqnomaning 43 va 44-bandlarida ko‘zda tutilmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tugatilayotganda, yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatilayotganda, ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka ariza bilan murojaat qilinadi hamda foydalanilmagan cheklar va to‘lov terminallari (mavjud bo‘lsa) qaytariladi. Ushbu subyektlarning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin ularga ochilgan barcha ikkilamchi hisobvaraqlar ularning arizasi asosida yopiladi.
Mazkur subyektlarning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin ularning soliq qarzi mavjudligi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiriladi. Soliq qarzi mavjud bo‘lganda, asosiy hisobvaraqni yopishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan kontraktlari bo‘yicha qarzdorliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu qarzdorliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgandan so‘ng asosiy hisobvaraq belgilangan tartibda yopiladi.
Bank hisobvaraqlari yopilayotganda, bankning vakolatli xodimi yopilayotgan bank hisobvarag‘idan mijozga oxirgi marta ko‘chirma berilgan kundan boshlab ushbu bank hisobvarag‘iga kiritilgan barcha yozuvlarni hujjatlar bo‘yicha sinchiklab tekshirishi, ssuda va bank xizmatlari uchun hisoblangan hamda to‘langan foizlarni inobatga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi va yopilayotgan bank hisobvarag‘iga tegishli yozuvlarni kiritib, imzo chekishi shart.
Bank hisobvarag‘i yopilgandan so‘ng, bank mijozga (mijoz tugatilganda — ta’sischilarga) barcha taqdim qilingan talablardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larning qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Banklarning vakillik hisobvaraqlari bankning vakillik munosabatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra yoki banklarni tugatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari asosida yopiladi.


Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling