Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(4)-son
Download 261.5 Kb. Pdf ko'rish
|
tangachaqanotlilar-ya-ni-kapalaklar-lepidoptera-turkumi-vakillarining-bio-ekologik-xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
7 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 2022-YIL 28-MAY TANGACHAQANOTLILAR, YA’NI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA) TURKUMI VAKILLARINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI Egamberdiyev M.X. Rustamova L.Q. Murodova H.Z Namangan davlat Universiteti E-mail: rustamovalobaroj@gmail.com ANNOTATSIYA Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari va har xil shakldagi mo‘ylovlari bor. Kalit so‘zlar: Lepidoptera, tangachaqanotli, Pieris brassicae, Nymphalidae, Aparia erataegi, Bombyci mori, Helionis obsolete, Tineidae. Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) – to‘liq metamorfoz bilan rivojlangan hasharotlar turkumi. Mezazoy erasining boshlarida kelib chiqqan, asosiy oilalari paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo‘r davridan ma’lum. Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari va har xil shakldagi mo‘ylovlari bor. Qurtlarida uch juft ko‘krak oyoqlaridan tashqari 3-5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo‘ladi. Soxta oyoqlar bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi bilan ko‘krakdagi haqiqiy yurish oyoqlaridan farq qiladi. Ko‘pchilik kapalaklarning lichinkasi ochiq yashaydi, bir qancha turlari tuproqda va o‘simlik to‘qimalarida hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalaklar gul shirasini so‘rib oziqlanadi. Bir qancha kapalaklarning og‘iz organlari reduksiyaga uchragan, voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Qurtlar o‘simlik to‘qimalari bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga ziyon keltiradigan turlari ko‘p uchraydi. Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kechirishiga ko‘ra kunduzgi va tungi kapalaklarga bo‘linadi. Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko‘payishi sutkaning yorug‘ davriga to‘g‘ri keladi. Kech kirishi bilan ular pana joy topib, yashirinib olishi bilan bir-biridan xarakterlanadi[1]. Download 261.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling