Yangi Shohliklar davrida Misr


XX sulola hukmronligi yangi podsholikning so'nggi davri


Download 76.5 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1493396
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1555408256 74106

XX sulola hukmronligi yangi podsholikning so'nggi davri
XX sulola asoschisi Setnaxt (er. av. 1192-1190-yillar) mamlakatni tartibga keltiradi, uning vorisi Ramzes III (er. av. 1192-1175-yillar) qo'shinni qayta tiklaydi, uning sonini ko'paytiradi. Luviyaliklarni va dengiz xalqlarining hujumlari qaytariladi. Ramzes III Falastin va Suriyada qisqa vaqtga bo'lsada, Misrning ta'sirini qayta tiklaydi. Ramzes HI kohinlarning ma'naviy siyosiy qo'llabquwatlashiga erishish uchun mamlakatdagi yirik ibodatxonalarga ko'plab yer-suv, oltin, qimmatbaho toshlar va qullarni in'om qilgan. Misr ibodatxonalari katta yer-mulkka ega bo'lib, savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa xo'jalik sohalari bilan shug'ullanganlar. Katta miqdorda iqtisodiy qudratga ega bo'lgan kohinlar tabaqasi davlat ishlariga aralashganlar, saroy zodagonlarining noroziligiga sabab bo'lgan.
Ramzes III vorislari davrida Misr zaiflasha boshlaydi. Er. av. 1075-yillar atrofida XX sulolaning so'ngi vakili Ramzes XI vafoti bilan Misr ikki qismga bo'linadi va Quyi Misrni birlashtirgan markazi Tanis bo'lgan ikkinchi davlat paydo bo'ladi. Shu bilan qadimgi Misr tarixidagi oltin davr tugab III O'tish davri (er. av. 1075-656-yillar) boshlanadi. Tayanch iboralar Giksos, Yaxmos, fortifikatsiya, Mitanni, Kadesh, Xatshepsut, Tutmos III, Frot, Xett, Bobil, Efiopiya. Shoduf, Exnaton, Rexmir, Tinnit, Axetaton, Karnak, Amon, Luksor, Amenxotep, Xoremxeb, Ramzes III, Per Ramzes, Abu-Simbel, Setnatx, Ramzes III, Ramzes XI, Xerixor, dengiz xalqlari.
Er. av.XII asrning I yarmi er. av.XI-X asrlar II o'tish davri. Xalq qo'zg'olonlari va giksoslarning bostirib kirishi. Giksos (XV-XVI) sulolalari Yangi podsholik (XVIIIXX) sulolalari XVIII sulola Buyuk davlatning tashkil topishi Tutmos III rung istilochilik yurishlari Exnatonning hukmronligi. diniy-siyosiy islohotlar Ramzes II (XIX sulola) Xett davlati bilan raqobat. Misrda ulug'vor ibodatxonalarning ko'rilishi Misr-Xett shartnomasi Ramzes III (XX sulola) dengiz xalqlarining hujumini qaytarishi. Ill o'tish davri.
Yangi podsholik davri yagona davlatni yemirilishi bilan Misr III O'tish davri (er. av. 1075-656-yillar)ga kirdi. Bu davrda Misr yoki rasman yagona podsho hokimiyati bo'lsa-da, kuchli tarqoq holatida bo'ldi. Yoki bir necha nomlar o'rtasida bo'lingan holda turdi. Bu davrning boshlarida Quyi va O'rta Misrda Tanis shahrida o'rnashib olgan (er. av. 1075-945-yillar) XXI sulola hukmronlik qildi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon-Ra ibodatxonasi oliy kohinlari boshqaruvi ostida edi. Bu vaqtda alohida nomlar kuchayib ketdi.
XXI sulola va Amon-Ra ibodatxonasi oliy kohinlari nomlarni merosiy nomarxlari separatizmiga qarshi tura olmadilar. Ichki kurashlar sababli parokandalikka yuz tutgan mamlakat tez orada chet elliklarga qaram bo'la boshladi. Bu chet elliklardan bin liviyaliklar edi. Liviyaliklar deltaning g'arbiga va Nil daryosining shimoliga tutashgan joylarida hamda g'arbiy vohalarda qadimdan yashab kelganlar. Bu qabilalar, mustaqil bo'lib, lekin madaniy jihatdan qoloq bolganlar.
Yangi podsholik fir'avnlari zamonida Misr gullab yashnagan davrda liviyaliklar Misrga ko'plab kelib o'rnashganlar. Fir'avnlar liviyaliklami yollanma askar sifatida xizmat qabul qilib, ularga asosan, deltadan chek yerlarni ajratib berganlar. XX va XXI sulola vakillari davrida liviyaliklarning ko'chib kelishi yanada jadallashgan. Luviya zodagonlaridan ba'zi birlari asta-sekinlik bilan kohinlik lavozimlarini egallaydilar. Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari ayrim hududlarni bosib olganlar. Harbiy qo'mondon va Gerakleopoldagi Xerilfe xudosining ibodatxonasi bosh ruhoniysi bo'lgan bir liviyalik yozma ma'lumotida ta'kidlashicha, bu odamning o'zidan aval o'tgan otabobolaridan 15 tasi shu yerda umr kechirib o'tganligi aytiladi. Bu yozuvga qaraganda uning ajdodi liviyalik Byuvava XXI sulola davrida Gerakleopolga ko'chib kelgan. Uning avlod-ajdodlari liviyalik qo'shinlarning ulug' boshliqlari va Gerakliopol ibodatxonasining kohinlari lavozimini egallagan, bu liviyalik aslzodalar urug'idan biri podsho oilasi bilan qarindosh ham bo'lib olgan.
Ana shu liviyalikning avlodi Bubastis nomining nomarxi Sheshonk podsholik taxtini egallab XXII sulolaga asos solgan. Kelib chiqishi liviyalik bo'lgan yangi hukmdoriar Fiva kohinlari bilan maslahatlashib va ulaiga tayanib ish ko'rganlar. Yangi sulola podsholari, eski podsho xonadoni bilan qarindosh bo'lib, o'z bolalarini Fivadagi ibodatxonaga bosh ruhoniy qilib tayinlaydilar. Liviya sulolasiga asos solgan Sheshonk I (er. av. 945 -924- yillar) serg'ayrat hukmdor bo'lgan. Luviyaliklarning harbiy kuchlariga va Fiva kohinlariga tayanib turib, Sheshonk I o'zini XVIII—XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi fir'avnlarning ishini davom ettiravchi sifatida ko'rsatib, Karnakdagi ibodatxona yonida «Bubastislar hovlisi» (saroyi) ni bunyod qiladi va katta minora qurdiradi. Sheshonk I mamlakatda vaziyatni bir oz barqaror qiladi. U er.av. 930-yili Falastin ustiga yurish qilib katta o'ljalar bilan Misrga qaytgan. «Bubastislar hovlisidagi» o'ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda Falastinda erishilgan g'alaba tasvirlangan. Bu yerdagi osiyolik asirlardan 156 tasini arqonga bog'lab borayotgan xudo Amonning kattakon tasviri, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
1938—1939-yillarda Tanisda o'tkazilgan qazish vaqtida Sheshonkning hali qo'l tekkizilmagan maqbarasi topildi. Bu maqbaralardan fir'avnning oltin, kumushdan qo'shib ishlangan sarkofagi (tobuti) va unda mumiyolangan fir'avnning yaxshi saqlangan jasadi edi. Sheshonk I dan keyin o'tgan podsholar Sheshonkning davlat ishlarini munosib tarzda davom ettira olmaganlar va bunga qulay imkoniyat ham bo'lmagan. Buning sababi Osuriyaning kuchayib ketishi, XXII sulola fir'avnlarining Nil va delta vodiysidan chetga chiqmay shu yerning o'zi bilan cheklanishga majbur qilgan5.
Sharqda Osuriya kuchayib ketdi va uning Misr ta'siri ostida bo'lgan hududlarni istilo qila boshladi. Falastin, Finikiya va Suriya osuriyaliklar zulmi ostiga tushib qolishi yaqqol ko'rindi. Suriya, Finikiya va Falastin shahar-davlatlari podsholari birlashib, Osuriya podshosi Salamansarga qarshi bosh ko'taradilar. Karkara yonida Oront daryosi bo'yida er. av. 853-yilda birlashgan ittifoqchilar va Osuriya qo'shinlari o'rtasida Jang bo'lib o'tgan. Fir'avn Osorkon II ittifoqchilarga yordamga ozgina qo'shin yubordi xolos. Afsuski, jangda ittifoqchilar yengiladi. Bu urashdan keyin o'z-o'zidan ma'lumki, Misrning obro'si tushib ketadi. Ichki kurashning keskinlashuvi mamlakatni bir necha kichik davlatlarga ajralib ketishiga olib kelgan. XXII sulola bilan birga XXIII sulola vakillari ham mamlakatni boshqara boshladilar. XXIII sulola vakillari o'zlarini butun Misr fir'avni deb e'lon qilganlar. Misrning bunday holga tushishi va mayda bo'laklarga bo'linishi haqida o'sha zamondagi esdaliklar «Podsho Petubastis siklidan qissalar » yozma manbasida saqlanib qolgan.
Yunon tarixchilari bu davrni «Dodekarxiya», ya'ni 12 podsholik hukm surgan davr deb ataydilar. Liviyaliklar sulolasidan bo'lgan podsholarga butun mamlakat hududi ham bo'ysunmaganligini Liviya sulolasi podsholari ham o'zlarining rasmiy yozuvlarida yozib o'tishga majbur bo'lganlar. Liviyalik fir'avnlar Yuqori va Quyi Misrdagi liviyalik boshliqlarni va oliy kohinlarni birlashtirishni o'zlarining doimiy siyosiy vazifalari deb bilganlar biroq, ular bu muddaolariga to’liq erisha olmaganlar. Bir vaqtning o'zida ikki sulola vakillari mamlakatni boshqarganlar. Shulardan XXIV sulola vakillari va Petubastis davrida ham Misr o'z qaddini rostlay olmadi. Misrning ichki tushkunliklar tufayli xo'jaligi izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy vaziyat yomonlashadi. VII asrda hukmronlik qilgan XXIV sulola vakillari xususan, Bokxoris (721—715-yillar) davlatni inqirozdan qutqarish uchun ayrim islohotlarni amalga oshirilgan. U qarzdorlarni qulga aylantirishga qarshi chiqqan. Lekin bu islohotlar ham mamlakatni inqirozdan chiqara olmagan.
Misrdagi bu inqiroz chet ellik bosqinchilarni hujumini yanada tezlashtirgan. Nil daryosining birinchi sharsharasidan janub tomondagi o'lkalarda azaldan nubiyaliklar yashab kelganlar. Misr fir'avnlari Nubiyada Qadimgi podsholik davridan Nubiyaga o'lja, qullarni bosib olishi, uni yerlarini egallash uchun muntazam bosqinchilik yurishlari olib borganlar. Qattiq hujumlar qilib, uni xarob qilib, kelar edilar. XVIII sulola vakillari zamonida Misr askarlari Nubiyaning 4-sharsharasigacha bo'lgan joylaridagi yerlarni istilo qilib, u yerda mustahkam o'rnashib olishi uchun u Nubiyada shaharlar, qal'alar va ibodatxonalar qurdilar. Natijada Nubiyaning zodagonlari Misr madaniyatini qabul qiladilar.
Kohinlarning XXI—XXII sulolalari hukmronlik zamonida Misrning zaiflashganidan foydalangan Nubiya mustaqil bo'ldi. Biroq Nubiya hokimlari Misrning juda kuchli madaniy ta'siri ostida bo'lganligi sababli o'zlarini Misr fir'avnlari deb ataydilar va yozuvlarini Misr tilida tuzadilar. Nubiya hokimlari muqaddas Amon tog'larining Jabal-Barkal qoyalari yonidagi o'z poytaxtlari Napateda Misrning oliy xudosiga topinganlar. Jlar bu xudoni o'zlarining boy xazinalari bo'lgan oltin qonlari sharafiga «Oltin xudo» deb ataganlar. Bu oltin konlari bir vaqtlar Fiva ibodatxonasiga qarashli bo'lgan.
Nubiyada er.av.VIII asrda markazi Napata bo'lgan mustaqil davlat tashkil topadi.Liviyaliklar hukmronligi ostida kuchsizlanib, parchalanib borayotgan Misrda hokimiyatni qo'lga olish uchun nubiyaliklar Fiva kohinlart bilan aloqani tiklaydilar. Napate hokimi Pianxi(er. av. 729—728-yillar) tashqi siyosat sohasida otasi olib borgan ishni davom qildirib, zo'r g'ayrat bilan Misrni istilo qilishga kirishadi. Pianxi bu istiloni o'zining batafsil yozuvida aks ettirgan. Napatadan topilgan bu yozuv hozirda Qohira muzeyida saqlanadi. Bu qimmatli tarixiy ma'lumotga qaraganda Sais hokimi Tefnaxt Pianxini asosiy raqibi bo'lgan. Tefnatx delta bilan yuqori Misrning anchagina hududlarini o'z atrofiga birlashtirishga muvaffaq bo'lgan. Pianxi esa o'zini Misr fir'avnlarining qonuniy merosxo'ri «O'zim podshoman, xudo Atumning jonli siymosi marhamatli xudoman» deydi. Tefnatx esa «G'arbning boshlig'i» va o'rta delta o'lkalaridan birining hokimi hisoblangan. Pianxi yozuvida o'zini ko'p sonli qo'shinga boshchilik qilib, janub tomonga qarab kelayotgan Tefnatxdan Misrni ozod qiluvchi deb ko'rsatadi. Tefnatx va Pianxi o'rtasida janglar bo'lib, Pianxi g'alabasi bilan tugaydi. Pianxi o'zini Misr fir'avni deb e'lon qiladi6.
Shunday qilib, er. av. 715-yilda Misr Kush tomonidan to'la bosib olinadi. 715-yildan 664-yilgacha Misr Kush fir'avnlari tomonidan boshqarilgan.
Efiopiya sulolasi poytaxt qilib, Memfis shahrini tanlaydi. Pianxi o'limidan so'ng, uning o'g'li Shabaka Misr taxtiga chiqib, 15 yil hukmronlik qiladi. Misr nisbatan tinchlikka ega bo'ladi, Shabaka davrida qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo biroz jonlangan. Ammo, toboro qudrati oshib borayotgan Osuriya Misrga qo'shni hududlarni bo'ysundirib, Misr chegaralariga yaqin kelib qolgan. Pianxtning taxt vorislaridan biri Taxarka Misrni Osuriyadan himoya qilishga majbur bo'lgan. Taxarka foydali ish qilganini ta'kidlab, bu mamlakat «butun borliq sultoni» zamonida hamma narsa mo'I-ko'l bo'lganligi kabi mening vaqtimda ham farovon hayot bo'ladi, deb g'urur bilan gapirgan. Birpq, Taxarka osuriyaliklarning Misrga bostirib kelishini to'xtata olmagan.
Osuriya podshosi Asarxaddon 671-yilda Misrni istilo qiladi. Taxarka esa qochib ketishga majbur bo'lgan. Asarxaddon Arabiston ustidan o'z hokimiyatini mustahkamlagandan so'ng, Misrni bosib olgan va Taxarka to'plagan Misr-efiop qo'shinlariga bir necha marta zarba bergan. Asarxaddon o'z yozuvlarida ulug' Misr podsholigining eng qadimgi poytaxti Memfis shahrini yarim kun ichida bosib olib, uni xarobazorga aylantirib, Misrdan efiopiyaliklarning ildizini sug'urib tashlaganini ta'riflagan. Misrda osuriyaliklar bir qancha qiyinchilikka duch kelganlar. Er. av 663-yilda osurlar bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon qo'shinlari o'rtasida jang bo'ladi. Bu jangda efiopiyaliklar yengilgan va XXIV efiop sulolasi tugatilgan. Mamlakat 20 nomga bo'lib tashlangan.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling