Yangi va eng yangi davr Yevropa falsafasi Reja
Muhammad Sharif al-Buxoriy
Download 76.96 Kb.
|
New Microsoft Word Document (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boborahim Mashrab
- So‘fi Olloyor
Muhammad Sharif al-Buxoriy (1697 yilda Buxoroda vafot etgan). Bizgacha uning 20 ta asari yetib kelgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligini falsafiy masalalar, xususan mantiq, kalom, ahloq-odob masalalariga bag‘ishlangan. “Xoshiya–i mavlaviy sharif bir sharhi taqzib” (“Mantiq va kalomning tuzatilishi”) asarida mantiqan to‘g‘ri fikrlash shakllari, qonun-qoidalari, argumentlash tartibi va usullarini o‘rganish, kalom mohiyatini tushunib yetish zarurligi asosli ravishda bayon qilinadi.Muallifning ahloq-odob masalalariga bag‘ishlangan “Kitobi favondi hoqoniy” asarida muhim ahloqiy fazilatlarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi. Xususan, unda podshohlik qilish uchun zarur hislatlar qatoriga shariat ko‘rsatmalarini yaxshi bilish, davlat hududini bosqinchilardan asrash, adolatli, oqil, nutq va eshitish qobiliyatiga ega bo‘lish va shu kabilar kiritiladi[1].
Boborahim Mashrab (1653-1711) o‘zining badiiy merosida o‘sha vaqtda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qiladi. U jamiyatdagi adolatsizliklarni qoralaydi, kishilarni halol, pok, mehr-shafqatli, sabr-qanoatli bo‘lishga chaqiradi. Iymon, e’tiqodning yuksak ma’naviy qadriyat ekanligini asoslashga urinadi. Xususan, she’rlaridan birida Alloh visoliga intilib yashashni kapalakning shamga intilishiga qiyos qilib, ilohiy haqiqatni anglashning qanchalik muhim ekanligini tushuntiradi[2]. So‘fi Olloyor (XVIII asrning oxirlarida Samarqandda tug‘ilgan deb taxmin qilinadi, vafot etgan yili ham aniq emas). Fors va o‘zbek tillarida she’rlar yozgan. Asarlari islom dini, tasavvuf falsafasining g‘oyalarini tushuntirishga, izohlashga bag‘ishlangan. Xususan, ularda bu dunyoning azob-uqubatlarga to‘la ekanligi, ularga ko‘nikish, sabr-toqatli bo‘lish kerakligi to‘g‘risida fikrlar aks etgan.Shoirning “Maslak ul-mutaqii“ (“Taqvolilar maslagi”) asari diniy amallarni bajarish qoidalariga bag‘ishlangan. Unda Allohning fazilatlari, avliyolarning karomatlari, namoz o‘qish, ro‘za tutish, tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish va boshqa amallar to‘g‘risida chuqur fikr-mulohazalar bildirilgan.[3] So‘fi Olloyor asarlaridan o‘z davrida madrasalarda ta’lim jarayonida keng foydalanilgan.Xiva shahrida Abulg‘ozi Bahodirxon tomonidan asos solingan tarixchilik maktabi (XVII asr) XIX asr boshlarida Munis Xorazmiy, keyinchalik Ogahiy, Komil Xorazmiy va Bayoniylar davom ettirgan Xiva adabiy -tarixiy muhiti davrida biroz jonlandi.Shu o‘rinda aytish kerakki, Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhitning o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va umuman turkiy tilning mustaqil adabiy til sifatida shakllanishidagi ahamiyati adabiyotimizda ham o‘zining munosib bahosini topa olgan emas. Buxoroda yaratilgan tarixiy asarlar (masalan, Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asari yoki Qo‘qonda “Tarixi Farg‘ona” va boshqa asarlar) asosan fors tilida ijod qilingan. Qukon adabiy muhitida turkiy va forsiy til teng darajada ardoqlangan bo‘lsa, Buxorodagi adabiy muhitda deyarli forsiy tilda ijod qilinardi.Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhit faqat turkiy (o‘zbek) tilidaga ijod natijasi bo‘lib, u o‘zbek tilining hukmronlik mavqyeini yaratgan edi. Undan tashqari, Xiva tarixiy-adabiy muhitida Munis, Ogahiy, Feruz, Komil, Bayoniy, Chokar va boshqa ko‘pgina iqtidorli shoirlar, tarixchilar Xorazm tarixining uzoq o‘tmishidan to o‘z davrlarigacha bo‘lgan voqea va hodisalarini aks ettirgan ko‘p tomlik asarlarini turkiy (o‘zbek) tilda yozdilar. Ular bu bilan cheklanmasdan, Mirxondning “Ravzat us-Safo”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Sa’diyning “Guliston” kabi sharqda juda mashxur bo‘lgan yuzlab asarlarini arab va fors tilidan o‘zbek tiliga o‘girganlar. Xiva tarixiy-adabiy muhitida XIX asrning yetmishinchi yillarida Erondan uskunalar sotib olib kelinib, Xiva shahrida O‘rta Osiyoda birinchi kitob nashriyotiga asos solindi. Unda ilk nashrdan chiqqan kitob Alisher Navoiyning “Hamsa” asaridir.Xullas, XVI-XIX asrlarda Turkistonda ijtimoiy-axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va falsafiy fikrlar o‘z davri hukmron mafkurasi ta’sirining o‘ta kuchli bo‘lganligi bilan tarixiy rivojlanishning boshqa davrlaridan keskin farq qilib turadi. Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling