Yangi va eng yangi davrda chet el mamlakatlarda jt va s (XVII asr o'rtalari XX asrlar) Reja: Yangi davrda jt va s ning rivojlanishi xususiyatlari


Download 42.89 Kb.
bet7/8
Sana08.05.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1445730
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация (1)

«Sokol» gimnastikasining asosiy muallifi, mashqlarning asosiy texnikasi va usullarini ishlab chiqqan kishi estetika professori Miroslav Tirsh (1832-1884) edi. Shunday qilib, yangi davrda gimnastikaning pedagogik, uslubiyat va tashkiliy asoslari yuzaga keldi hamda rivoj topdi.

Sport o'yinlari tizimi. Sport o'yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko'p mamlakatlarda tashkil topdi. Ularning tash­kiliy va uslubiy shakllari o'ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida

musobaqalar uchun mo'ljallangan va yaxshi natijalaiga erishishni ko'zda tutgan mashqlar ifodalangan edi.

Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o'yinlarni o'zida mujassamlagan. Shahar va qishloqlarda o'tkaziladigan bayramlarda kurashchilar, mushtlashuvchilar, akrobatlar, qilichbozlar, yugurish va sakrash ustalari, polvonlar o'z mahoratlarini namoyish qilishgan. Shimoliy majnlakatlarda chang'ida va konkida uchish musobaqalari rasm bo'lgan.

Shahar va qishloqlarning atoqli kishilari orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o'yini, kriket, kamon va to'pponchadan o'q otish, turli xil ovlar ancha rivojlangan. Shu davrda professional kurashchilar, bokschilar, girya (tosh) ko'taruvchilar, akrobatlarning

uchrashuvlari, bahslari boshlangan. Ko'pgina davlatlarda o'quv yurtlari (maktablar, kollejlar, universitetlar) tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o'yinlari rivojlantirishga rahnamolik kuchaygan edi.

Buyuk Britaniyada sport o'yinlari tizimi. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobi natijasida Buyuk Britaniyada iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yuzaga kelib, u yirik kapitalistik mamlakatga aylandi. Shu tariqa Buyuk Britani­yada boshqa mamlakatlarga nisbatan avvalroq sport-o'yin tizimi shakllandi. Boshqa mamlakatlarni bosib olish, mustamlakachilik yo'li bilan o'z boyligini oshirdi va davlatni mustahkamladi. Bunda ulkan dengiz floti va harakatchan ekspeditsiya bo'limlari (otryadlar) muhim rol o'ynadi. Ular kollejlar, universitetlar va


Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling