«Yangi yil» bayram tadbiri senariysi
Download 60 Kb.
|
Yangi yilga senariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- O’quvchi
1-o’quvchi: Oqpaxtadek oppoq qor
Seni kutdik intizor Pag’alab yog’ib tursang O’ynab tuymayman zinhor 2-o’quvchi: Yangi Yil bayramini barcha intiqlik bilan kutadi.Ayniqsa bolajonlar uzoq-uzoqlardan yo’lga tushgan Qorbobo hassasining do’q-do’qini ,Qorqizning quvonchini kutishadi. Keling aziz o’quvchlar davramizga Qorbobova Qorqizni taklif etamiz! Qorbobo!Qorbobo …..(hammabirovozda ) Davraga Qorbobo va Qorqiz kirib keladi. Qorbobo: Assalomu aleykum aziz o’quvchilar shirindan shaker bolajonlar ! Mana siz orziqib kutgan Yangi Yil eshik qoqmoqda.Yangi Yil oilangizga baxt va omad olib kelsin,barchangizga omadli yil bo’lsin! Kelgusi yilda yanada a’lo baholarda o’qishni davom ettiring! Qorqiz: Aziz o’quvchilar ! Sizni bayram bilan yana bir bor qutlayman.Yangi Yilda o’z orzu niyatlaringizga erishib,ota-ona laringizni xursand qilib yuring! Aqlli,odobli bolalar bo’lib ,Vatanimiz ravnaqiga o’z hissangizni qo’shing! Biz Qorbobo bilan a’lo baholarda o’qigan o’quvchilarga o’z sovgalarimizni ulashmoqchimiz.Qani marhamat! (Yangi Yil sovg’alari tarqatiladi) 1-boshlovchi:Birinchi qor! Daraxtlar oppoq qor bilan burkangan ,shoxlari osilib turibdi.Archa boshida savlat to’kib turgan shox-shabbalari bilan o’zini shohday sezadi. O’quvchi: Salom senga Yangi Yil Jam bo’lishib quvnaymiz Do’stlar bilan birlashib Yurtga shodlik tilaymiz O’quvchi: Yangi orzu umidlar Bag’ishlading sen bizga Yangi baxt ham keltirding Sen bugun uyimizga Qo’shiq: “Yangi Yil “ (qizlar ijrosida) Yana odimlaydi soat millari Hayot sabog’ini eslatar go’yo Yillar to’ldiradi umr daftarin Bu,bu yolg’on emas va yoki ro’yo Yangi Yil bu aytilmagan qo’shiqlar Biz juda sog’ingan qadrdon diydor Yangi Yil baxtli kunlarning davomi Oppoq orzu kabi yoga’ayotgan qor O’quvchi: Qor husnidan ruhlanib osmon Chayqatadi yulduzlarini Qorga chirmab asrar dalajon Ko’klam uchun gul islarini Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling