Yangi yil ssenarriy 2022-2023 1-boshlovchi Assalomu alaykum hurmatli va aziz mehmonlar, Assalomu alaykum aziz qadrdonlar. 2-boshlovchi


Download 29.29 Kb.
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi29.29 Kb.
#1077969
1   2   3   4
Bog'liq
Yangi yil ssenariysi 2022-2023

MT 1.3 Jaydari kelin

1 boshlovchi
Yangi tilak yangi umid yangi kunda,
Diydor shirin bayramlarning zavqi shunda,
Yana bir yil nihoyasi qutlug' kunda,
Yangi yilga birga qadam qo'ying do'stlar,

Deb navbatni yena raqslarga bersak




  1. Yor 1.2 Ustozlar termasi Raqs

  2. MT 1.2 Raqs



2 boshlovchi
Mana bir yil o’tib yana bir yangi yilni qarshilamoqdamiz. 2023 yil hammamiz uchun eng esda qolarli quvonchlarga boy yil bo’lishini istardim. Kimning nima orzu niyyatlari bo’lsa hammasi 2023 yilda ijobat bo’lishini tilab qolaman. Yangi yilni yangi rejalar, maqsadlar bilan qarshi olaylik shunda hamma orzu niyyatlarimiz ijobat bo’ladi. Eng asosiysi tinchlik va sog’lik tilayman.
1 boshlovchi
Aziz do’stlar yangi 2023 yilda siz o’ylagan orzu niyyatlaringiz siz kutganidan ham eng zo’rlarini tilab qolamiz. Jonlaringiz hamisha sog’ salomat bo’lsin. Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023 yil bilan tabriklaymiz.


YANGI YIL BAYRAM TUHFASI
BOSHLOVCHI:SALOM BOLAJONLAR BUGUNGIYANGI YIL BAYRAMIGA XUSH KELIBSIZLAR! (she’r aytadi)
QARANG BOLAJONLAR BIZNING DAVRAMIZGA KIMDUR KELAYOTGANGA O’XSHAYDI. ESHITAYAPSIZLARMI?
YALMOGIZ KAMPIR:men bu yerda bayram bo’layotganini eshitib keldim! Bu yerda sizlar mensiz bayram qilayotgan ekansizlar? MENSIZA? Sizlar meni bayramga chaqirmasdan o’zlaring mazza qilayapsizlarmi! Ana endi mendan ko’rasizlar! Meni rosa jaxlim chiqdi. Endi men sizlarning archangizni sexrlab qo’yaman. Endi archgangiz oldingidek go’zal bo’lib yonib turmaydi.(archani o’chiradi)
BOSHLOVCHI: voy yalmog’iz kampir nimalar qilib qo’yding? Axir biz senga hech qanday yomonlik qilmadikku!
YALMOGIZ KAMPIR: sizlar meni bayramga chaqirmadingizlar.
BOSHLOVCHI: hafa bo’lma yalmog’iz biz seni bayramimizda qoldiramiz, biz bilan birgalikda bayramni nishonlaysan, faqat archamizni o’z holiga qaytar.
YALMOGIZ KAMPIR: Yo’q, nimaga ekan,hechamda
BOSHLOVCHI:Bolalar endi nima qilamiz? Bizga kim yordam beraoladi?
BOLALAR: Qorbobo!
BOSHLOVCHI:Qani bo’lmasam qorboboning yordamchilari raqsga chiqib, bir o’ynab beringlarchi. Qorboboni chaqirishga yordam beriylarchi.
RAQS: “qorbobochalar”
BOLALAR:Qorbobo (deb 3marta charqiradi va qorbobo kirib keladi)
Bolalar qo’shig’i: “Kichkina archacha”
QORBOBO:salom bolalar! Bu yerda yangi yil bo’layotganini! eshitib hursand bo’lib keldim. Mening yordamchilarim.Yalmog’iz sen buyerda nima qilib yuribsan?
YALMOGIZ KAMPIR: men ham yangi yil bayramini nishonlashga keldim.
QORBOBO: ishqilib bu yerda ham hech nimani buzmadingmi?
BOSHLOVCHI: Qorbobo, bilasanmi yalmog’iz kampir bizning archamizni sexrlab qo’ydi! Bizga faqat sen yordam bera olasan.
QORBOBO: hali shunaqami! Yalmog’iz men senga bayramlarni buzishni taqiqlagandimku! Endi mendan ko’rasan!
YALMOGIZ KAMPIR:Yo’q, yo’q, shoshma, boshqa unday qilmayman, to’xta senda gapim bor.
QORBOBO:qani aytchi!
YALMOGIZ KAMPIR:menga tegmasang men senga qorqizni topib beraman!
QORBOBO:Voy, hali qorqizimni sen yashirib qo’yganmiding! Menuni o’rmonning har joyidan izlab yuribman.Qani tez borib mening qorqizimni olib kelchi!
YALMOGIZ KAMPIR:hozir,hozir olib kelaman.
QORBOBO:bolalar, kelinglar yalmog’iz va qorqiz kelguncha archamizni chiroqlarini yoqishga harakat qilamiz. Menga bunda jajji archachalar yordam beradi.
RAQS:“archalar”
(qorqiz va yalmogiz kirib keladi)
QORQIZ:Salom bolalar,salom qorbobo! Qorbobojon men sizi juda juda sog’indim.Meni yalmog’iz kampir o’g’irlab ketdi
QORBOBO:Yalmog’iz bu nima qilganing, axr sen menga o’g’irlamadim dedinku!
YALMOGIZ KAMPIR:meni kechiringlar,men boshqa qilmayman.
BOSHLOVCHI:bolajonlar yalmog’izni ham kechiramizmi?
BOLALAR:ha
BOSHLOVCHI:yalmog’iz kampir, biz seni kechirdik, sen bizga boshqa unday qilmaslikka va’da ber! Endi biz bilan birga bayramda qolib tomosha qil.
BOSHLOVCHI:yalmog’iz qara bizning qorparchalari juda chiroyli raqs tayyorlab kelgan!
QORQIZ:qani qorparchalar kelinglar yonimga!
RAQS: “QOR PARCHALAR’’
BOSHLOVCHI:yalmog’iz senga raqsimiz yoqdimi?
YALMOGIZ KAMPIR:ha, yoqdi, menga ham o’rgatinglar!
BOSHLOVCHI:albatta kelasi safar senga ham o’rgatamiz!
QORBOBO: senga yoqib qoldimi?
QORQIZ: menga ham judayam yoqdi, barakalla!
QORBOBO: Voy, qani meni qo’lqopimni kim oldi?
O’YIN: “qalpog’im”
QORQIZ:yalmog’iz, bolajonlar o’yin o’ynamoqchi ekan,ularni o’ynashini xohlaysanmi?
YALMOGIZ KAMPIR:ha, men ham o’ynayman
O’YIN:
BOSHLOVCHI:qorbobo, bolalar sen uchun ataylab she’r yodlab kelishibdi.Shu she’rlarini senga aytib bermoqchi.
QORBOBO:qani, bir eshitaylikchi!
(she’rlar)
QORBOBO:barakalla, bolajonlar, ana endi men sizlarga olib kelgan sovg’alarimni berish vaqti keldi! Xohlaysizlarmi hozir sizlarga sehr ko’rsataman!
BOLALAR: Ha
QORBOBO:unday bo’lsa ko’zingizni yumib, oyog’ingizni dupirlatib turing(sovg’alar tarqatiladi)
QORBOBO:bolajonlar endi bizning ham ketadigan vaqtimiz bo’lib qoldi, endi borib boshqa bolajonlarni ham tabriklashimiz kerak! Yalmog’iz, yur sen ham bizga yordam berasan! Xayr bolajonlar yana ko’rishguncha!
BOLALAR: xayr!!!
BOSHLOVCHI:xayr qorbobo! Xayr yalmog’iz va qorqiz! Mana bolajonlar bugungi yangi yil bayramimiz ham o’z nihoyasiga yetdi! Bayram sizlarga yoqdimi? Yalmog’iz archani o’chirib yaxshi ish qildimi?
BOLALAR:Yo’q!
BOSHLOVCHI:yalmog’iz tavbasiga tayanib,yaxshi tarafga ozgardimi?
BOLALAR:Ha
BOSHLOVCHI:demak, har doim yaxshilik g’alaba qozonar ekan! Endi hammani raqsga taklif etaman!


Download 29.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling