“Yangi yilim – yaxshi yilim” bayram senariysi
Tarbiyachi: Qo`chqorova N.A.
Yangi yilim – yaxshi yilim
Musiqa sadolari ostida bolalar davraga kirib keladilar.
Ertak qahramoni Zumrad:
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ota-onalar. Xush kelibsizlar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan tabriklaymiz. Sizlarga sog`lik salomatlik, oilaviy tinchlik, bu yilingiz barokatli yil bo`lishini tilaymiz.
Yana bir bor xush kelibsizlar!
Zumrad:
Bolalar, erta tongdan Qimmat opamni bayramga boramiz deb uyg`otdi, lekin turmadilar. Kelinglar, bolalar bayramni boshlaymiz.
Bolalar bu yilgi yilimiz “Sichqon yili” ekan. Biz sichqonni bilamizmi?
Bolalar:
Zumrad:
Sichqon qanday ovoz chiqaradi?
Bolalar:
Zumrad:
Barakalla. Marhamat bayramni boshlaymiz.
Abdulaziz:
Diydor shirin, bayramlarni zavqi shunda.
Yangi bir yil nihoyasi qutlug` kunda,
Yangi yilga barcha qadam qo`ying do`stlar.
Diyora:
Sevimlisan har qachon.
Yangi yilning ko`rkisan,
Sevimlisan archajon.
Mirtoji:
Salom archa! Bugun barcha,
Dildan jo`shib kuylaymiz.
Shodligimiz sig`may ko`kka,
Qish faslini qutlaymiz.
Dilro`za:
Sovg`alarga to`lib keldi qorbobo.
Baland archa atrofidan ketgim kelmas,
Qalbingizda niyat qiling xech kim bilmas.
Aslbek:
Bugun bo`lar mo`jiza.
Yangi yil kirib kelar,
Sovg`alar olib kelar.
Do'stlaringiz bilan baham: |