Yangi zamon – yangi bank tizimi Turg’unboyev Abbosbek


Download 1.11 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1467752
  1   2   3
Bog'liq
Islom banklarning rivojlanishi va bozordagi o


Yangi zamon – yangi bank tizimi


Turg’unboyev Abbosbek
Toshkent Moliya instituti bank ishi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi


Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirda rivojlanib borayotgan davrda banklarga yangicha qarash ya’ni kreditlar majburiyat emas, balkim insonlarga yaratilgan imkoniyat ekanligi va buning yechimi o’laroq islomiy banklarning o’rni haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar : moliyaviy inqiroz, islom banklari, sherikchilik, islom banking,
islom darchalari, murobaha, ribo.


Kirish

Hammamizga ma’lumki butun dunyo iqtisodiyoti 2008-yilda Moliyaviy inqirozni o’z boshidan kechirdi, bu inqirozning ko’lami Amerika qo’shma shtatlaridan to Yevropa davlatlarigacha yetib bordi. Buning kelib chiqishi sababi nima? Albatta, katta miqdordagi kreditlarni chiqarib yuborilishi, ipoteka kreditlarining haddan oshiq ko’payib ketgani, kredit tizimining bir yo’nalishda qolib ketgani hamda bank tizimini to’g’ri boshqarilmaganligi bo’ldi. Buning natijasida an’anaviy bank tizimiga bo’lgan ishonch kamaya boshladi va ishonchli bank tizimiga talab vujudga keldi. Bu albatta – islom banklari edi. Islomiy moliya tarmog’i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o’zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo’lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash maqsadida islomiy moliya tarmog’iga asoslangan banklarning, investitsiya fondlarning mablag’larini jalb etish ayni muddaodir. Shu maqsadida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29- dekabrdagi parlamentga bo'lgan murojaatnomasida Islomiy Tijorat banklari yurtimizda o'z faoliyatini boshlashini ta'kidlab o'tgan edilar. Shu nuqtai nazardan O'zbekistonda Islomiy bank faolioyatini tashkil etish bo'yicha turli takliflar haqida ushbu maqolada so'z yuritiladi.


Maʼlumki, islomiy moliya foyda va zararni boʻlishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni koʻzda tutadi. Yaʼni, u sherikchilikka asoslanadi. Ular mijoz talabi bilan obyektni qurishi, asbob-uskunalar, tovar, xom ashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Sheriklik asosidagi moliyalash tizimi esa daxlsizlik, shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, tavakkalchiliklar, foyda va daromadlarni adolatli taqsimlash, iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy adolatning muvofiqlik tamoyillariga asoslanadi. Axloqiy meʼyorlarga rioya qilish, ijtimoiy adolat, qonun doirasida harakat qilish, mablagʻlarni meʼyorida sarflash va monopoliyaga qarshi kurashish mazkur tizimning fundamental asosi hisoblanadi. Soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan va jahon moliyaviy makonini ishonchli zabt etayotgan Islomiy moliya tizimiga boʻlgan qiziqish tobora kuchaymoqda. Yangi islomiy banklar, sugʻurta tashkilotlari, investitsiya jamgʻarmalari tashkil qilinib, hatto ushbu tizim musulmon boʻlmagan mamlakatlarda ham keng rivojlanayotgani eʼtiborga molik. Dunyoviy davlat boʻlsa-da, aksariyat fuqarolari nasroniy boʻlgan Buyuk Britaniyaning 20 dan ortiq banklarida mijozlarga islom moliyasi mahsulotlari va xizmatlari taklif qilinmoqda. Statistiklarining tasdiqlashiga ko’ra, 2030 yilga borib islom moliya tizimining umumiy aktivlari 4-5 trillion AQSH dollariga ketadi [4]


Maʼlumotlarga koʻra, Bangladeshning iqtisodiy oʻsish surʼati 5,57 foizdan (2010-yil) 7,9 foizga (2018-yil) yetdi. Tadqiqotlarga koʻra, islom banklari kichik va oʻrta biznes subyektlarining moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan talabini qondirish orqali Bangladeshning iqtisodiy rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bugun islom banklari ushbu davlat bank tizimida 24 foiz ulushiga ega, hamda 2013-2022 yil oralig’ida Bangladeshning islom banking tizimida depozitlar va investitsiyalar bir me’yorda o’sish kuzatildi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling