Yangi zamon – yangi bank tizimi Turg’unboyev Abbosbek


-rasm. Bangladeshda Islom bankingni rivojlanishi[5]


Download 1.11 Mb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1467752
1   2   3
Bog'liq
Islom banklarning rivojlanishi va bozordagi o

1-rasm. Bangladeshda Islom bankingni rivojlanishi[5]

2012-yil Omon davlatida islom moliyasi tamoyillari tatbiq etilgan boʻlib, oʻtgan yillar mobaynida islom moliyasi aktivlari hajmi 12,6 mlrd. AQSH dollarga, bank tarmogʻidagi ulushi esa 13,7 foizga yetgan. Bu davlat hozirda islom moliyasi bozori koʻlami jihatdan dunyoda 15 oʻrinda turadi.
Umuman, bugungi kunga kelib, 500 dan ziyod islom banki va moliya muassasalarining yalpi aktivlari 2,44 trillion AQSH dollaridan oshib, yiliga 15-20 foizga oʻsmoqda.[4] Shu maʼnoda, musulmon davlatlardagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan tashkilotlar mablagʻini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga, xususiy sektorini qoʻllab-quvvatlashga jalb etish ayni muddaodir. Dastlabki ishlarni biz albatta, Islom banklari va an’anavy tijorat banklari o’rtasidagi tafovutdan boshlashim kerak.
2-rasm. Islom banklari va an’anaviy tijorat banklari o’rtasidagi tafovut.[6]

Yuqorida keltirilgan ma’lumotdan ko‘rinib turganidek, islom bankchiligida mablag‘larni jalb qilish shariat tamoyillari asosida sherikchilik, qarz yoki saqlab berish (omonat) shartnomalari asosida amalga oshiriladi. An'anaviy bankchilikda esa, kafolatlangan foiz evaziga mablag‘lar jalb qilinadi. Islom bankingida jalb qilingan mablag‘larning ishlatilishi ham an'anaviy bankchilikdan mohiyatan farq qiladi. Mablag‘lar islom moliyasi tamoyillariga binoan, sotish, ijara/lizingga berish yoki sherikchilik asosida yoxud moliyalashtirish/investitsiya shartnomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
3-rasm. islom darchasi xizmatlari va mahsulotlarini an'anaviy bank xizmatlari va mahsulotlariga solishtirgan holati[6]

Yuqoridagi islom banki tomonidan ko‘zda tutilgan moliyaviy xizmatlar va mahsulotlarni hozirda mavjud an'anaviy bank xizmatlari va mahsulotlariga muqobil ekanligi, shu bilan birga an'anaviy bankchilikka nisbatan hatto moslashuvchan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, yuridik shaxslarga mo‘ljallangan asosiy vositalarni moliyalashtirishni oladigan bo‘lsak, ushbu turdagi moliyalashtirish islom darchasi orqali bir necha usul bilan (shartnoma turiga bog‘liq), mijozning moliyaviy holati, biznes rejasi va faoliyat turidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin. Yana bir misol: hozirgi vaqtda yurtimizda uy-joyga bo‘lgan yuqori talabni qondirishga qaratilgan ipoteka kreditlariga muqobil sifatida islom darchalari bir necha usul bilan uy-joy sotib olishni moliyalashtirishi mumkin. Albatta, bu mamlakatimizdagi uy-joyni moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarning yana bir yechimi sifatida ko‘rilishi kerak.
Mamlakatimizda islomiy moliyalashtirish ishlari 2004-yilda boshlangan boʻlib, bu Oʻzbekistonning Islom taraqqiyot banki (ITB) aʼzoligiga qoʻshilgani bilan bogʻliq. Yurtimiz uchun yangi yoʻnalishga bugun biznes vakillarida ham, aholida katta ehtiyoj mavjud. Chunki mamlakatimiz aholisining 90 foizidan yuqori qismi islom diniga eʼtiqod qiladi va eʼtiqodi tufayli 15-20 foizga yaqin aholi anʼanaviy kreditlash tizimidan foydalanmayapti. Muqobil kreditlash tizimi orqali esa mazkur qatlam ham toʻliq qamrab olinishi mumkin. Bu ana shu qatlam omonatlarini iqtisodiyotga jalb etish, ulardan esa oqilona foydalanish uchun katta imkoniyat yaratadi. Yaʼni, bu orqali “zahiradagi” ichki investitsiyalarni iqtisodiyotimizning oʻsishiga jalb qilish, xufiyona iqtisodiyot salmogʻini kamaytirish, eng muhimi, tadbirkorlikni rivojlantirishimiz mumkin boʻladi.[3]
Izlanishlarga koʻra, Oʻzbekistondagi biznes subyektlarining 80 foizi ichki manbalar hisobidan moliyalashtiriladi va ularning chorak qismigina kredit xizmatidan foydalandi. [7] Bank aktivlarining 85 foizi esa davlat banklariga tegishli va ularda kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirish uchun sanoqli mahsulotlar mavjud. Shu bois, aksariyat korxonalar banklarni moliyalashtirishning afzal manbai hisoblamaydi. Bu esa biznes subyektlarining moliyaviy hisobotlarga yetarli darajada eʼtibor bermasligi, soliq idoralariga taqdim etadigan rasmiy hisobotlarida esa aksariyat holatda haqiqiy moliyaviy holatni koʻrsatmasligiga sabab boʻlmoqda. Tijorat banklari ham oʻz navbatida bunday hisobotlarga ishonch bildirmaydi va bu koʻplab subyektlarni kreditlash imkoniyatidan mahrum qiladi. Shu boisda, hozirda O’zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator tijorat banklari islom banking tizimidan foydalanib islom bank darchalarini ochishmoqda. Misol uchun “Ipak yo’li” tijorat bankida islom bankingni o’z mijozlariga taqdim qilmoqda. Moliyalashtirish Murobaha prinsiplariga muvofiq kafolatlarni ta'minlash uchun banklarga moliyalashtirish liniyalarini taqdim etish shaklida amalga oshiriladi. Bu musulmon mamlakatlaridagi banklar tomonidan ishlatiladigan foizsiz operatsiyalarni amalga oshirish uchun eng keng tarqalgan ish usullaridan biridir. Murobaha — mijozlarni moliyalashtirish bo'yicha faol operatsiya bo'lib, u keng doiradagi xaridlar uchun mos keladi: uskunalardan biznes binolarigacha. Uning ishlash prinsipi oddiy: mijoz kerakli tovarlarni sotib olish shartlari bo'yicha kelishib oladi va bankka murojaat qiladi, u esa o'z navbatida tovarlarni sotib oladi va mijozga qo'shimcha haq evaziga uni qismlarga bo'lib sotadi.
Xulosa qilib aytganda, Islom moliyasi yurtimizda keng ko’lamda tarqalishi natijasida an’anaviy tijorat banklari tizimi ayniqsa ribo(sudxo’rlik)ga qarshi bo’lgan aholi qatlami jamg’armalarining bank tizimiga jalb qilinishiga yordam berishga asosiy unsur bo’lib xizmat qiladi. Shundan so’ngina aholi o’rtasida bo’sh turgan moliyaviy resurslarni moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy sub’yektlarga oqib o’tishiga erishiladi. Bunday moliyaviy oqim natijasida esa iqtisodiyotimizning har qanday sohasini rivojlantirishga, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarnig yaxshilashga hamda jahon bozorida o’z o’rnimizga ega bo’lib, yirik investorlarni jalb qilishga erisha olamiz.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling