Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish


Ta'lim texnologiyalarining xususiyatlaridan


Download 2.52 Mb.
bet7/28
Sana27.09.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1688598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Ta'lim texnologiyalarining xususiyatlaridan biri - ularni texnik vositatarga nisbatan tezroq rivojlanish xarakteriga ega ekanligi bilan ifodalanadi. Gap shundaki, kompyuterlarni o'quv jarayonida qo'llash o'quv jarayonining barcha komponentlarini qayta ko'rib chiqishga olib keladi. «Tinglovchi - kompyuter - o'kituvchi» interfaol muhitida tinglovchilarning o'ng yarim-sharli sintetik fikrlashini faollashtiruvchi texnologiyalarni qo'llash hisobiga tasviriy fikrlashlarini faollashtirishga asosiy e'tibor qaratilishi zarur. Bir so'z bilan aytganda, masofati o'qitish ta'lim texnologiyalarida fikrni, axborotni, bilimni vizuallashtirishning asosiy vositasi vazifasini o'tamoqda. Masofaviy ta'lim tizimi-o’qitishning zamonaviy usuli. Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakl-lari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng qo‘llanilayotganligi ham quvonchli hol. Ko’pchilik Internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Internet turli sohalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan o`qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemet-rologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar. Quyida bu texnologiyalarning qisqacha, lekin asosiy tavsiflarini keltiramiz. Mutaxassislar tayyorlashning eng kelajagi porloq deb tan olingan o'qitish shakllaridan biri - masofali o'qitish (MO') respublikamizda endigina rivojlanmoqda. Bunda siyosiy, moliyaviy, texnik va, asosiysi, MO' tizimining zarur axborot ta'minotini yetarlicha emasligini asosiy sabab sifatida ko'rsatish o'rinli. «Axborot ta'minoti» yoki «Axborot muhiti» deganda, o'quv jarayonini o'quv va uslubiy adabiyotlar hamda boshqa axborot materiallari bilan ta'minlanglanligi tushuniladi. Masalan, o'quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilish bo'yicha materiallar yoki maxsus kompyuter (axborot) texnologiyalari va ta'lim jarayonini kuzatish uchun yaratilgan materialar bilan ta'minlanganligi shular jumlasidandir. Davlat klassifikatori bo'yicha bir necha yuzlab oliy ta'lim (bakalavr va magistr) yo'natishlari va ixtisosliklar mavjud, har bir o'quv rejasi-ga 40 dan ortiq predmet kiritilgan. Umumiy auditoriya soati 5000 soatga yaqin, 1 soat mashg'ulot uchun ishlab chiqiladigan kompyuter ta'minoti (xorijiy manbalarga muvofiq)ga 50 dan 500 soatgacha mutaxassis-dasturchining vaqti sarflanadi. Shuning uchun, 1 soat o'quv kursning narxi 10.000 dollargacha ko'tarilishi mumkin. Shunday qilib, MO' axborot ta'minotini yaratish faqat davlat miqyosida amalga oshirilishi, shuningdek, turli soxa mutaxassislarining jalb etilishi zarur bo'lgan qiyin, uzoq muddatli va qimmat jarayondir. Bu holda axborot ta'minoti bo'shlig'ini nima bilan to'ldirish mumkin? Bu o'rinda OTM lararo ishlanmalarga alohida e'tibor berish lozim, qo'yilgan savol va muammolarni hal etishda, respublikamiz OTMlari an'anaviy va masofali ta'lim o'quv jarayonida foydalanish uchun kompyuter o'quv materiallari va vositalarini yaratish tajribalari natijalariga asoslangan holda ko'rsatamiz. Kompyuter o'quv ilovalar (KO'I)ni yaratish tavsifiga o'tishdan oldin, ularni ma'lum sinflarga bo'lib olamiz. Dastavval barcha KO'I larni ikki: lokal texnologiyachar va Internet-texnologiyalar uchuy mo'ljallangan ilovalar guruxlariga ajratamiz. Keyin ushbu guruxlarning har birida KO'Ilarni axborotli, vazifali va birlashgan turlarga bo'lamiz. So'ngra lokal texnologiyalar guruxini mustaqil ilovalar va boshqa ilovalar orasida ishlaydigan ilovalarga ajratamiz. Va nihoyat, hamma guruxlarda bevosita, bilvosita va birlashgan dasturlash uslublarida yaratiladigan KO'I larni ajratamiz. Lokal texnologiya deganda, alohida kompyuterlarda ishlash uchun mo'ljallangan disketda yoki lokal tarmoq vositalari yordamida boshqa kompyuterga uzatish imkoniyatiga ega qilib yaratilgan ilovalar tushuniladi. Internet-texnologiya global (Internet) tarmoqlari uchun ilovalarning o'zlari emas, ularning nusxalari foydalanuvchiga maxsus dasturlarning Web-sahifalari, masalan, Netscape yoki Explorer orqali kirish mumkin bo'lgan ilovalar yaratishni ko'zda tutadi. Ushbu texnologiyalarining o'ziga xos yutuqlari va kamchiliklari mavjud. KO'I larni vazifali va birlashgan turlarga ajratish, aslida, o'quvchi bilan ilovalarning aloqa darajasini belgilaydigan shartli ajratishdir. Masalan, KO'I ning axborotli guruhiga darslik (grafikaga ega bo'lgan yoki ularsiz matnli materiallarni ifodalaydigan o'quv va uslubiy qo'llanmalar) va ma'lumotnomalar (ma'lumotlar ombori) o'quvchilar tomonidan ularning qobiliyati va xoxishiga ko'ra shaxsan aniqlanadigan axborotni o'zlashtirish darajasini kiritish mumkin. Zamonaviy kompyuter darsligini yaratishga texnologik nuqtai nazardan qo'yilgan minimal talablar - o'quv axborotlarni interfaol bayon etish yoki darslikning turli qismlariga o'zaro murojaat qilish ta'minlangan gipermatndan iborat. Didaktik nuqtai nazardan gipermatn o'qituvchiga o'quvchilar uchun shaxsiy ta'lim trayektoriyasini yaratishni ta'minlaydi.
Masofaviy ta’lim asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekom-munikatsiya texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o‘quv axborotlari bilan ta’minlash bo‘yicha o‘qitishning an’anaviy vositalaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi. CD-ROM interaktiv disklar, e’lonlarning elektron doskasi, multimediali gipermatn, Internet interfeyslari yordamida global tarmoqdan ma’lu-mot va bilimlarni olish tinglovchilarni o‘zaro muloqot jarayoniga faol jalb qilishi va pedagogik jarayonlarni boshqarish imkoniyatini berishi bilan ajralib turadi. Ta’limda bu xildagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o‘quv fanlari o‘qituvchilari tomonidan qo‘llanilayotgani, ta’limning samara-dorligini oshirishda, uni intensivlashtirishda muhim tamoyil sanaladi hamda pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkiliy-metodik ta’minotini yengillashtiradi. Shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshi-rishga qaratilgan masofaviy ta’lim kompyuter testlari yordamida tashxis va nazorat qilishning interaktiv, pedagogik tajriba almashish metodlariga tayanib, kurs tinglovchilariga ish joylarida, o‘zlari uchun qulay paytda zaruriy amaliy yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi. Telekommunikatsiya va kompyuter tarmog‘i orqali video-muloqotlarning tashkil etilishi, ularning masofaviy ta’lim vositasi sifatida shakllanayotgani malaka oshirish tizimi yangi metodik va texnik ta’minotini amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda. Sifatli videoaloqalar kompyuter yorda-mida videoseminar va videokonferensiyalar tashkil etishning eng ishonchli vosita-laridan hisoblanadi. Bunday vositalar pedagog-o‘qituvchilarning masofaviy malaka oshirishlarida, xususan, bir necha o‘nlab kishilar guruhi bilan ta’lim masalalariga tegishli muammolarni hal qilishda, individual shaklda tinglovchini o‘qitish, unga metodik yordam ko‘rsatish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etilishini ta’minlashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda tinglovchilarning ovoz va videotasvirlar orqali muloqot qilishlaridan tashqari, tinglovchi bilan pedagogning hamkorlikda kompyuter monitoridagi tasvirlarini boshqarish imkoniyatlari vujudga keladi.


So`nggi yillarda G`arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo`llanib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog`i orqali elektron shakldagi ta’lim turi Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko`rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko`pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko`rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems), Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems).



Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling