Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish


Download 2.52 Mb.
bet4/28
Sana27.09.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1688598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Masofaviy o`qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim shaklidir.
Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shart-sharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi ta’lim majmuasidir.
Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo`llash asosan ikki xil ko`rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo`lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazo.
Ochiq ta'lim. O'zbekistonda ochiq ta'lim endigina shakllanmoqda, desak xato qilmagan bo'lamiz. Bu yerda birinchilar qatorida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste'dod» jamg'armasi qoshidagi Masofali o'qitish markazida masofali kurslar tashkil etilib (masalan, «Axborot texnologiyalari va masofali o'qitish» kursi), bu kurslar 2006 yil sentyabridan boshlab tajribadan o'tkazilib kelinmoqda. Shu bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarda ochiq ta'lim universitetlari tashkil etilgan bo'lib, ularda talabalar o'zining rahbar (tyutor) lari yordamida qanday o'qishni o'zlari aniqlamoqdalar. Ochiq ta'lim tizimida tinglovchilar o'zlariga qulay tartiblarda kutubxonalar va kompyuter sinflarda ishlash tyutor bilan maslahatlasha oladigan o'quv markazlarning keng tarmog'iga ega bo'ladi. Aniq predmet bo'yicha faol muloqot talaba qatnashadigan seminarlarda amalga oshiriladi. Masofali o'qitish, o'qitishning ochiq shakli bo'lib, bir qator afzalliklarga ega. Masofali o'qitishning asosiy afzalligi shundaki, u o'quvchilarning o'zlariga yanada ko'proq yo'naltirilgan bo'lib, ularga o'qish uchun maksimal qulay sharoit yaratadi, shuningdek, vaqt va fazoviy chegaralardan to'liq ozod qiladi.

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling