E’tiborga molik jihati: mustaqil ravishda o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘ura bilish, sog‘lomlashtirishning oddiy usullarini qo‘llay olish (fito choy, chiniqish, badan tarbiya).
Fan va tabiat markazi
Valeologiya: «Sezgi a’zolari»
(ta’limiy o‘yin)
Maqsad: bolalar sezgi a’zolarining tuzilishi
va ahamiyatini biladilar, shuningdek, xavfli
manbalar, xavfli buyumlar bilan ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzuga oid
suratlar
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuga oid suratlarni tomosha qilib
sezgi a’zolarining tuzilishi va ahamiyatini
so‘zlab berish.
2. «Sezgi a’zolari» ta’limiy o‘yini.
Bolalar Kerakli rasmlarni tanlaydilar.
Sening xizmatingda bor besh yordamchi,
Ularni ishlatasan bilmay garchi.
Ko‘zlar senga ko‘rish uchun Berilgan,
Quloqlar esa eshitish uchun.
Til so‘zlash va ta’m bilishga,
Burun esa hid bilish uchun.
Sen bezovta bo‘lmagin hech,
Ular yordam Berar ertayu-kech.
Qo‘shimcha qism: inson tana a’zolari haqida
suhbat, odam maketini o‘rganish.
E’tiborga molik jihati: o‘zining sog‘lig‘i va
tanasini ehtiyot qilish.
San’at markazi
Rasm: «Men va bizning oilamiz»
Maqsad: bolalar tasvirni surat mazmuniga
muvofiq qog‘ozga joylashtiradilar, inson
tanasini chiza oladilar, kattalar va bolalarning
bo‘y-bastini tasvirlay oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: A4 hajmdagi
oq qog‘oz, ramka, rangli qalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. Oila a’zolari haqida gapirib berish.
2. Chizish uchun ish qurollarini tanlash.
3. O‘zlari tasvirlab chizib beradilar.
Qo‘shimcha qism: oila tasvirlangan syujetli
rasmlarni tomosha qilish, sevimli oilaviy
bayram haqida suhbat.
E’tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni
rivojlantirish. O‘zi yaratgan timsolning chiroyini ko‘ra olish.
San’at markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |