Январь ойи


Kerakli jihoz va materiallar


Download 6.53 Mb.
bet19/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihoz va materiallar: kubiklar,
geometrik shakllar, qurilish bloklari, tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar, ekran, teatr va
kinoteatrlarni aks ettiruvchi rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. «O‘zbekiston teatrlari» video materiallari va «Teatr», «Kinoteatr» rasmlarini
tomosha qilish.
2. Birgalikda kinoteatr qurilishini
rejalashtirish.
3. Kinoteatr loyihasini tayyorlash.
4. Bolalar ishlarini muhokama qilish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi monitor, stulchalar, qo‘g‘irchoqlar, tomoshabinlardan foydalanib, badiiy so‘zlarni ishlatgan holda tomoshalar tashkil qilishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: bolalarning jamoani tinglay olish va o‘z fikrlarini Bera olish qobiliyatlariga ahamiyat Beriladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Zumrad va Qimmat» ertagini
sahnalashtirish
Maqsad: bolalar ertak mazmunini biladilar,
endi esa qahramonlarning ijobiy va salbiy
tomonlarini tavsiflashni, aktyorlik mahoratini
namoyon qilishni o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: ertak
qahramonlarining kostyumlari, ertakka oid
jihozlar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar bilan birgalikda ertak
mazmunini yodga olish.
2. Rollarni taqsimlash va mos atributlarni
tanlash.
3. Ertak syujetini ijro etish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi rollarni almashish taklifini berishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: bir-birini eshita
olishi, jamoada do‘stona faoliyat olib borish,
o‘ynash, ijodiy faollikni namoyon qilish.
Fan va tabiat markazi
Kumda magnit
Maqsad: bolalar magnit tushunchasini bilish
asosida uning xususiyatlari va magnit bilan
bog‘liq bo‘lgan fizika qonuni haqida elementar
tushunchalarga ega bo‘ladilar. Magnit bilan
bog‘liq amaliy tajribalarni o‘tkazishda ishtirok etadilar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling