Faoliyatning borishi:
1. «Avtostrada» mavzusidagi rasmni ko‘zdan
kechirish.
2. Bolalar tomonidan avtostrada qurilishini rejalashtirish.
3. Bolalar tomonidan yo‘lni qurish.
4. «To‘g‘riga harakat», «Unga harakat»,
«Chapga harakat» yo‘l belgilaridan foydalangan
holda yo‘lni konstruktsiyalash.
5. Harakat boshlanishi va yakuniy nuqta-
larini belgilash.
6. Bolalar belgilangan yo‘nalish bo‘yicha
yo‘l harakati qoidalarini buzmagan holda
belgilangan nuqtaga tezroq etib borishlari
Kerak.
Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o‘z ishlariga belgilar, reklama lavhalari o‘rnatishni taklif qilishi mumkin. (Ularni bolalar chizishi yoki konstruktsiyalashi mumkin).
E’tiborga molik jihati: bolalarni jamoada
ishlashga o‘rgatish. Tasavvurni rivojlantirish.
Hayot xavfsizligi asoslari.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«So‘z o‘yini» ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalar diqqat, xotiralarini
rivojlantirishi, lug‘atni yangi so‘zlar bilan
boyitishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: ikki toifadagi so‘zlar tasvirlangan rasmlar:
svetofor (lug‘at: uchta ko‘z, ko‘chada turibdi,
chorraha, havo rang, bir oyoq, sariq rang, qizil rang, yo‘ldan o‘tish, piyodaning yordamchisi, yashil rang, uyda turibdi).
yo‘lovchi (lug‘at: avtobus, marshrut, bekat, yo‘l,
o‘qish, uyqu, chipta, chiptachi, samolyotda uchish, iyoda, o‘rindiq, salon, karavot).
Faoliyatning borishi:
1. Navbatma-navbat bolalar orasidan
boshqaruvchini belgilash.
2. Tarbiyachi tomonidan o‘yin qoidasini
tushuntirish: boshlovchi rasmli kartochkani
ko‘rsatadi, bolalar esa svetoforga oid so‘z bo‘lsa
bir marta, agar «yo‘lovchi»ga oid so‘z bo‘lsa ikki
marta chapak chaladilar.
3. Har bir so‘z tanlanishini tushuntirish.
4. So‘zlar ishtirokida hikoya tuzish: ertalab, nonushta, bolalar bog‘chasiga yo‘l, piyodalar
yo‘lakchasi, non do‘koni, dorixona, choraha, yer osti
o‘tish yo‘li, svetafor, bolalar bog‘chasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |