Январь ойи


Kerakli jihoz va materiallar


Download 6.53 Mb.
bet64/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihoz va materiallar: svetofor
maketi, yo‘l belgilari, o‘yinchoq mashinalar,
aravachalar, YHX xodimi ish qurollari, «Do‘kon», «Go‘zallik saloni», uylar maketi.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuga oid rasmlarni ko‘rish.
2. Bolalar bilan shaharning qaysi ko‘chasiga
sayr uyushtirish rejasini tuzish.
3. Xo‘jalikni bolalar bilan birga
yuritish.
4. Shifoxonaga murojaat qilish.
5. Do‘konga xarid uchun borish.
6. Yo‘ldagi mashinalar, piyodalar
harakatini yo‘l harakatini boshqaruvchisi
sifatida boshqarish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga sayr paytida
yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda
velosipedda uchishni taklif etadi.
E’tiborga molik jihati: so‘z boyligini
oshirish, ijodiy qobiliyatlarni namoyon bo‘lishi.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«Uyga yo‘l» ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalar uyga va bog‘chaga olib boruvchi
yo‘nalish, yo‘l bo‘ylab joylashgan ijtimoiy
ob’ektlar (Supermarket, stadion, maktab) haqida
tasavvurga ega bo‘ladilar, so‘z bOYlari makon
(joy) tushunchalari bilan boyib boradi.
Kerakli jihoz va materiallar: rasmlar,
plakatlar, yo‘nalish chizmasi, shartli belgilar.
Faoliyatning borishi:
1. Yo‘nalishni tanlash.
2. Yo‘l bo‘yidagi ijtimoiy ob’ektlar
haqida suhbat.
3. Lug‘atni yangi so‘zlar bilan boyitish.
4. Yo‘nalish (marshrut)ni o‘rganib chiqish
va makon (joy) tushunchalarini aniklashtirish.
5. Har bir bolaning uyig‘a belgi qo‘yish
6. Har bir bolaning uydan bog‘chaga va
aksincha yurish yo‘nalishini aniqlash.
7. Bolalar bog‘chasi va uyni yo‘l, o‘tish
joylarini hisobga olib qalam bilan belgilash
(tarbiyachi bolalarga yo‘nalishni belgilashga
yordam beradi).
8. Bolalar bilan xaritalarda ko‘rsatilgan
yo‘l bo‘yidagi yo‘l harakati belgilarini muhokama qilish.
- piyodalar o‘tish joyi;
- tibbiyot tashkiloti;
- «To‘xta», «Yurish ta’qiqlanadi», «Yoqilg‘i quyish shohobchasi» belgilari;
9. Bolalar bilan yakuniy suhbat.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling