Qo‘shimcha: qo‘shimcha ravishda tarbiyachi eng muhim belgi va yo‘lda yurish qoidalarini tushuntirib, mustahkamlashi mumkin.
E’tiborga molikjihati: xotirasiga, diqqatiga, tasavvur va nutqning rivojlanishiga ahamiyat Beriladi.
Fan va tabiat markazi
Ichimlik suvi qanday paydo bo‘ladi?
Amaliy tajriba
Maqsad: suv haqidagi tushunchalari kengayadi,
gabiiy sharoitda suv chiqarish usullari bilan
tanishadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: belkurak,
plyonka, tosh.
Faoliyatning borishi:
1. Muassasa xududidagi bog‘dan tajriba
joyini tayyorlash.
2. Yerda chuqurligi 25 va diametri 50 sm
bo‘lgan chuqurni tayyorlash.
3. Chuqurning markaziga bo‘sh plastik
kontener yoki boshqa idishni o‘rnatish, uning
atrofigayangi yashil o‘t vabarglarni joylashtirish.
4. Chuqurlikni toza polietilen plyonka
bilan yopish va uning atroflarini chetidan havo
chiqmaydigan qilib tuproq bilan Berkitish.
5. Plyonka markaziga toshni joylashtirish
va bo‘sh idish ustiga asta bosib qo‘yish.
6. Konstruktsiyani kechgacha qoldirish.
Plyonkadan yerni asta-sekinlik bilan qoqib
(idishga tuproq tushib ketmasligi Kerak) olish.
Idishda toza suv yig‘ilgan bo‘ladi.
7. Bolalarga quyosh tafti tufayli o‘t va
barglar o‘zidan issiqlik chiqarishi, issiq havo
har doim tepaga ko‘tarilishi va bug‘lanib sovuq
plyonkada tomchiga aylanishi tushuntiriladi. Shu
suv idishga oqib tushgani ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga amalga oshirilgan tajriba bo‘yicha ota-onalar bilan muhokama uyushtirish va uyda mustaqil bajarishni taklif qilishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: bolalarning
kuzatuvchanligi va hayot xavfsizligi qoidalariga
amal qilishiga ahamiyat Beriladi.
San’at markazi
Yo‘l belgilarini yasash (loy ishi)
Maqsad: bolalar plastilin yoki loydan yo‘l
belgilarini yasashni o‘rganadilar, qo‘shimcha
materiallardan foydalanadilar, madaniy-
gigienik ko‘nikmalarni shakllantiradilar,
plastilinni aylantirish va dumalatish
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |