Январь ойи


Qo‘shimcha: pillachilik, pilla qurti to‘g‘risidagi slaydlarni taklif qilish. E’tiborga molik jihati


Download 6.53 Mb.
bet92/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Qo‘shimcha: pillachilik, pilla qurti to‘g‘risidagi slaydlarni taklif qilish.
E’tiborga molik jihati: tengdoshlarni diqqat bilan tinglash, o‘z qo‘shimchalarini kiritish.
San’at markazi
Dekorativ rasm chizish: «Kiyimni chiroyli
naqsh bilan bezash»
Maqsad: bolalar rangli qalamlar bilan
rasm chizish va tasvirni bo‘yash ko‘nikmasini
mustahkamlaydilar, kompozitsiya yaratish
xohishlari shakllanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: rangli
qalamlar, salfetkalar, qog‘ozdan yasalgan ko‘ylak,
ro‘mol, salafan.
Faoliyatning borishi:
1. Kiyimlar ko‘rgazmasini tomosha qilish
(ko‘ylak, ro‘mol, sarafanlar).
2. Kiyimlar qanday bezalganligiga
E’tibor qaratish (gullar, naqshlar, geometrik
shakllar bilan).
3. Bolalarning ijodiy ishi.
4. Bajarilgan ishlar muhokamasi va
rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: ishni applikatsiya bilan to‘ldirish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning mustaqil ijodini rivojlantirish.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
markaj
Ko‘g‘irchoq uchun shifonyer va komod
Maqsad: turli materiallar, har xil o‘lchamli
qutilardan konstruktsiyalar yasashga qiziqishni
oshirish, ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish.
Kerakli jihoz va materiallar: har xil o‘lchamli qutilar, karton, yelim, salfetkalar, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, mebellar, shifonyerlar rasmlari, konstruktsiyalashni bosqichma-bosqich bajarishga oid kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Mebellar shifonyerlar rasmlarini
tomosha qilish.
2. Materiallarni o‘rganish. Ishni rejalashtirish.
3. Bolalarnnnt samarali faoliyati.
4. Shifonyer komodin bo‘yash va bezash.
Qo‘shimcha: qo‘g‘irchoqlar kiyimini shifonyer,
komodga taxlab qo‘yishni taklif qilish.
e’tiborga molik jixati: jamoa bo‘lib ishlash,
o‘z xatti-harakatlarini do‘stlari bilan kelishish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
saxnalashtirish markazi
Kiyimlar do‘koni suyujetli rolli o‘yini
Maqsad: bolalar to‘g‘ri mavsumda kiyiladigan
(qishki, yozgi) va maqsadga ko‘ra kiyiladigan
kiyimlar haqida tasavvur hosil qiladilar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling