«Harbiy dengizchilar» syujetli-rolli o‘yin
Maqsad: bolalar harbiy kasblar kapitan, matros, aloqachi, dengizchilarni biladilar, o‘yin
davomida harbiy dengizchilarning harakatlari
aks etgan syujetni rivojlantiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qurilish
jihozlari, kapitan bosh kiyimi, harbiy dengizchi kiyimi (dengizchilar yoqasi va bosh kiyimi),
shturval, durbin, qurol, langar, suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Modullardan kema quriladi (stullardan
foydalanish mumkin).
2. Rollar taqsimlnadi.
3. Bolalar mustaqil «Deng‘iz floti»
ta’limiy o‘yinini o‘ynaydilar.
4. «Trapdan o‘taman» ta’limiy o‘yini.
Yerdagi arqonning ustidan ko‘zlar bog‘langan
holatda muvozanat saqlab yurish.
Qo‘shimcha: harbiy dengizchilar haqidagi filmni namoyish etish.
E’tiborga molik jihati: bolalarda vatan-
parvarlik hissini tarbiyalash, syujetni ijodiy
rivojlantirish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Chegarachi» syujetli-rolli o‘yini
Maqsad: bolalar chegarachining ahamiyatini,
syujetli-rolli o‘yinni tashkillashtirishni
hamda hamkorlikda qaror chiqarishni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: planshet,
durbin, kaska, ichimlik, avtomat, surat, harbiy
texnika, tez yordam anjomlari.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalarning chegarachi kuzatuv posti
uchun modullardan tog‘lar qurishi.
2. Hamshiralar yordam ko‘rsatishi uchun
vaqtinchalik qarorgohlarni o‘rnatish.
3. Rollarni taqsimlash - chegarachi,
hamshira, poyloqchi.
4. Syujetni rivojlantirish.
Qo‘shimcha: chegarachi xizmati haqida film ko‘rish va adabiyotlarni o‘qib berish.
E’tiborga molik jihati: jamoa bo‘lib
o‘ynash va o‘zaro kelisha olish, tasavvurlarni
rivojlantirish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Bizning armiya
Maqsad: bolalar har bir davlatning armiyasi va
qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan chegarasi bo‘lishini
biladilar. Kerakli jihoz va materiallar: kesma rasm, pazl, magnitli doskalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |