E’tiborga molik jihati: o‘tkazilgan
tajribalarni bolalar ko‘rishi va kuzatishi
lozim.
Fan va tabiat markazi
fan va tabiat
Maqsad: bolalar muammoli vaziyatlarni hal
etishga o‘rganadilar, bizni o‘rab turgan tabiatni
asrash, o‘simlik va jonivorlarga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo‘lish lozimligini
biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: magnit doska, «Atrofimizdagi olam» mavzusida suratlar to‘plami.
Faoliyatning borishi:
1. Muammoli vaziyatlar aks etgan
suratlarni ko‘rish. Soyga nima bo‘ldi? O‘rmonga
nima bo‘ldi? Daraga nima bo‘ldi?
2. Bolalarning suratlarni ta’riflashlari.
Nima yaxshi-yu, nima yomonligini, qanday
qilib tabiatni qo‘riqlashimiz Kerakligini
tushuntirish.
3. Mavzuga mos bo‘lgan pazllarni yig‘ish.
Qo‘shimcha: «Qushlar va hayvonlar» mavzusidagi
ta’limiy o‘yinni o‘tkazish. Bolalarni tabiatdagi jarayonlarning xilma- xilligi va uni qo‘riqlashga jalb etish.
E’tiborga molik jihati: tabiat va inson
tushunchalarini rivojlantirish, tabiatda
insonning o‘rni, tabiatning ko‘rkamligini
anglash, yer yuzidagi barcha tirik jonzotga mehr-
muhabbat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lishni tarbiyalash.
San’at markazi
Rasm chizish: Bizning jonajon armiya
Maqsad: bolalar askar suratini chizadilar,
jangchining timsoli, harbiy kiyimga alohida
urg‘u Berib qog‘ozga tasvirni joylashtira
oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mavzuga oid
suratlar, markazning nomlanishi, A4 formatdagi qog‘oz, guash, mo‘yqalam, suv uchun stakan.
Faoliyatning borishi:
1. Harbiy mavzuga oid suratlarni ko‘rish.
2. Berilgan mavzuga o‘z xohishiga ko‘ra syujetni o‘ylab topish. joylashtirish.
3. Chizish ketma-ketligi bo‘yicha chizma
E’tiborga molik jihati: jamoa bo‘lib ishlash, bilan tanishish. ishga ijodiy yondashish.
4. Uylaganlarni amalga oshirish.
5. Ishlar ko‘rgazmasi, muhokama.
Qo‘shimcha: qurish va yasash, san’at markazlarida
ko‘rgazma tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |