E’tiborga molik jihati: tafakkur, diqqatni
rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga qiziqish uyg‘otish.
San’at markazi
«Sehrli qish». Rasmlar tanlovi
Maqsad: bolalar suratning mazmunini qog‘ozga
tushiradilar, qog‘oz fonini hamda mazmunni
uyg‘unlashtiruvchi bo‘yoqlarni tanlaydilar, qog‘ozga suratni joylashtiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, bo‘yoq va
mo‘yqalam.
Faoliyatning borishi:
1. Qog‘oz fonini tanlash.
2. Surat mazmunini o‘ylab topish.
3. Rasm chizish.
4. Bolalar ishlarining ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha: tasviriy san’atning turlarini
ajratish.
E’tiborga molik jihati: kompozitsiyami
yaratish.
San’at markazi
Loy ishi: «Qordan Snshram torti»
Maqsad: bolalar buyumga xos bo‘lgan belgilarni
ta’riflaydilar, qismlarning kattaligiga
(hajmiga) ahamiyat Berib qordan tort yasaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: metall tog‘oracha, o‘yinchoq idish, qum uchun idishlar jamlanmasi, qor, yirik munchoq, yarim tuxumsimon plastmassa idish, bo‘yoq va mo‘yqalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. Metall tog‘oracha yerdamida tortning
asosi uchun kichik kulcha yasash.
2. Yarim tuxumsimon plastmassa idish-
larni qor bilan to‘ldirish va tortning asosiy
qismiga doyra bo‘ylab (beze) joylashtirish.
3. Tortni rangli bo‘yoq bilan bo‘yash.
4. Tortni munchoqlar bilan bezash (mevalar
o‘rniga).
Qo‘shimcha: xamirdan tort tayyorlash.
E’tiborga molik jihati: qorning erishi va
qorlarga ranglar berish.
San’at markazi
Applikatsiya: Qishki olimpiya o‘yinlari
(jamoa ishi)
Maqsad: bolalar olimpiada ramzini va
olimpiada xalqalarining ranglari uyg‘unligini
qog‘ozga tushiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: rangli qog‘oz,
oq karton qog‘oz, tuxum po‘chog‘i, yelim, qaychi, guash, mo‘yqalam.
Do'stlaringiz bilan baham: |