Январь ойи
Kerakli jihoz va materiallar
Download 6.53 Mb.
|
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha
- Guruh Tayyorlov guruh Mavzu
- oyin i ng 1 -haftasi Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
- Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
- Bilish jarayonining rivojlanishi
- Rivojlanish markazlari Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat Dushanba
- Resurslar, ilovalar Erkin faoliyat Qurish va konstruk
- Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalash tirish
- Umumiy guruh bo‘lib ishlash
- YaNVAR . BIRI NChI HAFTA « Qishki ko‘ngilochar o‘yinlar » Tayyorlov guruh
- Kerakli jihoz va materiallar
- Qo‘ g‘ irchoq va ayiqcha uchun qishki maydoncha Maqsad
- E’tiborga molik jihati
- «Qishki olimpiya o‘yinlari» syujetli-rolli o‘yinlar
Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, akvarel bo‘yoq, guash, salfetka, oddiy qalam, yangi yil tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar «Yangi yil» bayrami tasvirlangan rasmni ko‘radilar. 2. Bolalar o‘zlarining ishlari uchun mustaqil syujet tanlaydilar. 3. Bolalarning ijodiy faoliyati. Qo‘shimcha: bolalar o‘zlari tanlagan syujetni ta’riflaydilar. E’tiborga molik jihati: o‘zlari tanlab olgan rasmni qiziqarli tomonlarini tahlil qilish va uni tushuntirish. YaNVAR OY MAVZUSI: «BOLALAR BOG‘ChASI»
YaNVAR. BIRINChI HAFTA «Qishki ko‘ngilochar o‘yinlar» Tayyorlov guruh Qurish, konstruktsiyalash va matematika markazi Qishki qal’a Maqsad: bolalar rasm, sxema, ijodiy yondashuv asosida quradilar, shakllarning kattaligi va ko‘rinishiga qarab nomlarini aytadilar, raqam va sonlarni farqlaydilar. Kerakli jihoz va materiallar: kubik, geometrik shakl, yog‘och va plastmassa konstruktor, tabiat materiallari, dekorativ jihozlar to‘plami, fotosurat va rasmlar. Faoliyatning borishi: 1. Qal’a rasmi tasvirlangan fotosurat va rasmlarni ko‘rish chiqish. 2. Bolalar bilan qal’ani qurish rejasini tuzish. 3. Konstruktsiyalash. 4. Qal’ani tavsiflash. Qo‘shimcha: qal’aga nom berish. Qal’a surati fonida bolalarni rasmga tushirish. E’tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni rivojlantirish, jamoa ishida vazifalarni bo‘lib olish malakalarini o‘stirish. Qurish, konstruktsiyalash va matematika markazi Qo‘g‘irchoq va ayiqcha uchun qishki maydoncha Maqsad: bolalar maydonchani turli xil konstruktsiya asosida quradilar, predmetlarni belgilangan tartibda biriktiradilar, joy-makon tushunchalariga ega bo‘ladilar, tartib sonini biladilar, predmetlarni katta-kichikligi bo‘yicha solishtira oladilar. Kerakli jihoz va materiallar: kubik, geometrik shakl, lego, quti, o‘yinchoq, sxema, surat va rasmlar. Faoliyatning borishi: 1. «Qishki o‘yinlar», «Qishki maydoncha» suratlarini tomosha qilish. 2. Qishki maydonchani qurish. 3. Qurilgan maydonchada Qo‘g‘irchoq va ayiqchani o‘ynatish. Qo‘shimcha: badiiy adabiyot namunalaridan N.Nosovning «Sirpanchiq» hikoyasini o‘qib berish. E’tiborga molik jihati: qurilish namuna- larini mustaqil tahlil qilish va eng maqbul yechimini topish. Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi «O‘n ikki oy» ertagini sahnalashtirish Maqsad: bolalar «O‘n ikki oy» ertagi asosida sahnalashtirilgan o‘yinni, qaxramonlarning fe’l-atvorini tushunadilar, kompozitsiyaning asosiy xususiyatlarini ilg‘ab oladilar. Kerakli jihoz va materiallar: o‘n ikki oyning o‘ziga xos bo‘lgan kiyimi; sun’iy archa, o‘rmonni aks ettiruvchi yo‘lak va ochiq maydon, gulxan (bolalar bop), ertak mazmuni aks etgan surat, savatcha va boychechaklar. Faoliyatning borishi: 1. Ertak asosidagi suratlar mazmuni bilan tanishish, oylar soni va ularning nomlarini so‘rash. 2. Sahnalashtirish uchun syujet tanlash. 3. Rollarni taqsimlash. 4. Ertak ijrosini tahlil qilish. Qo‘shimcha: «O‘n ikki oy» multfilmini ko‘rsatish. E’tiborga molik jihati: syujetli-rolli o‘yin orqali ezgulik va yomonlikni, do‘stona munosabatlar, hamkorlikni tushunish. Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi «Qishki olimpiya o‘yinlari» syujetli-rolli o‘yinlar Maqsad: bolalar zamonaviy olimpiya o‘yinlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, olimpiya umuminsoniy madaniyatning bir qismi sifatida ekanligini biladilar, har xil sport turlariga qiziqish bildiradilar. Kerakli jihoz va materiallar: qishki olimpiada o‘yinlariga xos bo‘lgan jihoz, sport kiyimlari, O‘zbekiston va olimpiada bayroqlari, mavzuga mos bo‘lgan suratlar. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling