Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet98/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

E’tiborga molik jihati: bolalarning mustaqil fikr yuritishlari, tahlil qilish va xulosa qilishlari, hayot xavfsizligi asoslari.
San’at markazi
Qog‘ozdan yangi yil archasini yasaymiz
Maqsad: bolalar buyumning (archaning) shak-
lini kesish va yelimlashni mashq qiladilar,
qo‘l motorikalarini rivojlantiradilar,
tasavvurlarini kengaytiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: yashil rangli
qog‘ozlar, asos uchun qalin qog‘oz, yelim, qaychi,
salfetkalar, tayyor namuna, ish bosqichlari
ko‘rsatilgan xarita.
Faoliyatning borishi:
1. Archaning tayyor namunasini tomosha qilish.
2. Ish bosqichlari bilan tanishish.
3. Bolalarning ishlari.
4. Tayyor ishlar muhokamasi, rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: bolalarga archani qor parchalari va
yaltiroq qog‘ozlar bilan bezashni taklif qilish.
E’tiborga molik jihati: turli materiallardan o‘yinchoq yasash, markazda o‘z ortidan yig‘ishtirishni o‘rgatish.
San’at
Loy ishi: «Qorbobo va qorqiz»
Maqsad: bolalar bir butun loydan odam
qomati mutanosibligiga amal qilib to‘g‘ri yasash
malakalarini shakllantiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: plastilin,
maxsus pichoqcha, taglik, qorbobo va qorqiz rasmi
aks ettirilgan rasm yoki haykal, tayyor namuna, ish jarayoni namoyon etilgan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar qorbobo va qorqiz aks ettirilgan
rasm yoki haykalni tomosha qilish na qo‘li bilan
ushlab ko‘rish.
2. Ish jarayonining ketma-ketligi bilan
tanishish.
3. Bolalarning ijodiy faoliyati.
Qo‘shimcha: bolalar ishlarinish ko‘rgazmasi.
E’tiborga molik jihati: yasagan ishlarini
taglikka to‘g‘ri o‘rnatish malakalarini, ish
joylarini tartibga keltirishlarini kuzatish.
San’at markazi
Rasm: «Yangi yil»
Maqsad: bolalar bayram taassurotlarini rasmda aks ettirishga o‘rganadilar, qog‘oz markaziga to‘g‘ri joylashtiradilar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling